Shukur Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohimov Shukur (1927. 5.3, Toshkent) — seleksionergenetik olim, qishloq xoʻjalik fanlari d-ri (1974), prof. (1976), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1972). Toshkent qishloq xoʻjalik institutini tugatgan (1948). 1948-84-yil larda Oʻzbekiston FA Oʻsimliklar genetikasi va fiziologi-yasi, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, Paxtachilik ilmiy tadqiqot institutlarida ilmiy xodim, lab. mudiri (1965-yil dan), q. h. boshqaruvi idoralarida rahbarlik la-vozimlarida ishladi. VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi raisi oʻrinbosari (1984— 90), "Paxta" IIB bosh direktori (1990—92), Oʻzbekiston Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992—95). 1995-yil dan Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida ilmiy maslahatchi va gʻoʻza mutagenezi lab. mudiri. Ilmiy ishlari gʻoʻza seleksiyasi, genetikasi, biologi-yasi, urugʻchiligi, agrotexnikasi va b. masalalarga bagʻishlangan. I. gʻoʻzaning serhosil va rayonlashtirilgan S—6029, S-6030, S-6037, S-6040, Termiz 14, Termiz 16, Qizil Ravot, S—2602, Uychi 2 va Andijon 60 navlarining hammuallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1987).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ostroye oblucheniye rasteniy, mutagenez i seleksiya xlopchatnika, T., 1976; Otdalyonnaya gibridizatsiya xlopchatnika, izlucheniye i rekombinogenez, T., 1985.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil