Ibrohim qiziq Teshaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim qiziq Teshaboyev (1899 -Andijon — 1985) — oʻzbek xalq qiziqchisi. 9 yoshidan otasi — Tesha qoʻgʻirchoqboz yonida, 10 yoshidan Komil simdor toʻdasida qiziqchi. Keyinroq rus qiziqchi-masharabozlari bilan "Shayton", "Asalari", "Oʻlik sotdi" tomoshalarini koʻrsatgan. F. Yupatov (1923— 26), "Sharq" (Namangan, 1926—28) dirklarida, Turgʻun dorboz va Orif garmon Toshmatov toʻdalarida (1928— 42), Oʻzbek davlat dirkida (1942—47) qiziqchilik qilgan. 1947 y. dan Andijondagi Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qoshidagi ansamblda shogirdi Gʻ. Yunusov bilan tomoshalar koʻrsatgan, ashulachilarga muqallid qilgan. Askiya janri boʻyicha oʻtkazilgan koʻriklarda qatnashgan. "Oshxona", "Bozordagi sartarosh", "Dangasalar", "Toʻy", "Bemaza ashulachi" kabi kulgihikoyalar yaratgan. Qad. qiziqchilik tomoshalari ("Bola oʻqitish", "Yurak ogʻrigʻi" kabi) ni tiklashda sanʼatshunoslarga yordam bergan.

Adabiyot[tahrir]

  • Qodirov M., Masharaboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil