Ibrohim masjidi
Ibrohim masjidi – Hong Kongning Vonkok shahrida joylashgan masjid. Bino Hong Kongda qurilgan eng oxirgi oltinchi masjid hisoblanadi. Ibrohim masjidi United Welfare Union Hong Kong Limited tomonidan qurilgan boʻlib, aynan ushbu tashkilot tomonidan boshqariladi[1].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2011-yil mart oyida bir guruh musulmonlardan tashkil topgan jamoa Xitoy hukumatiga yangi masjid qurilishi uchun yer soʻrab murojaat qiladi. Hukumat tomonidan bir yil muddatga mamlakatning maʼlum bir qismidan yer taklif qilinadi, biroq ushbu taklif keyinchalik rad etilib, uning oʻrniga masjidni qurish uchun Hoi Wan Road yeri qulayroq deb topiladi. 2012-yilning 20-sentyabrida hukumatning yer boʻlimi ushbu arizani maʼqullaydi va 2013-yilning 1-fevralida masjid uchun kerakli maydon Hong Kong Birlashgan farovonlik ittifoqiga topshiriladi.
Masjid qurilishi 2013-yil iyul oyida boshlangan boʻlib, 2013-yil 24-noyabrda qurib bitkaziladi va rasman ochiladi[2][3][4].
Masjid uchun berilgan ijara muddati tugagach, yer maydoni 2019-yil oxirigacha hukumat tomonidan qaytarib olinadi. Biroq 2019-yilda ushbu masjid uchun boshqa bir muqobil yer maydonini taklif qiladi. Yangi binoning qurilish ishlari 2020-yil iyul oyida boshlanadi. 2020-yil 1-yanvarda qurilish qisman yakunlanadi. Keyinchalik avvalgi masjid buzib tashlanadi va Ibrohim masjidi rasman Mong Kokdagi yangi joyga koʻchiriladi.
Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjid musulmonlar uchun bir qancha qulayliklarga ega. Jumladan, ushbu binoda tahorat xonasi, dars xonalari, majlislar zali va imom xonasi ham mavjud. Ular diniy va madaniy qadriyatlar va meʼyorlarga koʻra ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida xonalarga ega.
Masjidga borish yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidga Hong Kong metropolitenining Mong Kok bekati C2 chiqish joyidan piyoda yetib borish mumkin[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Masjid Ibrahim in Yau Tsim Mong District, Kowloon“. salatomatic.com. 24-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2014-yil.
- ↑ „Newsletter“. Islamic Union of Hong Kong (sentyabr 2013). 17-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2014-yil.
- ↑ „Opening Ceremony of Masjid Ibrahim (Ibrahim Mosque), Yau Ma Tei, Hong Kong, Article & Images, Page 01/04“ (ar). Hazrocity.com (30-noyabr 2013-yil). 31-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2014-yil.
- ↑ Highlights Of Masjid lbrahim Yau Ma Tei Kowloon Hong Kong 2013.
- ↑ „Ibrahim Mosque, Yau Ma Tei,, Hong Kong - Islamic Centers, Masjids Mosques, Muslim Owned Businesses, Islamic Schools and Colleges“. Islamicfinder.org (9-yanvar 2014-yil). 24-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-aprel 2014-yil.