Ibrohim ibn Hakim Keshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim ibn Hakim Keshiy usul va fiqhiy masalalar allomasi, faqih va usulchi keshiy nisbasi bilan mashhur boʻlgan olimlardan. Allomaning „Vasoilu-l-vusul fi masoili-l-fusul“ nomli asari boʻlib, asarda fiqhiy masalar va usulga oid qoidalar berilgan. Asarning 745/1345-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida № 2213 raqam bilan saqlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ўз.Р.ФА ШИ қўлёзмалар фондида 2213 рақам остида сақланади.