Ibrohim Sitanbah Hiraviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim Sitanbah Hiraviy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulisʼhoq. Ham jismoniy, ham maʼnaviy kuchga ega boʻlgani uchun “Sitanbah” (kuchli) nomi bilan mashhur boʻlgan. Hirot tasavvuf maktabining ilk namoyandalaridan. Kirmon shahrida tugʻilib, Hirotda yashagani sababli “Hiraviy” taxallusi bilan mashhur boʻlgan. Boyazid Bistomiy suhbatidan bahramand boʻlgan. Ibrohim bin Adham tariqatdagi piri sifatida uni dastlab halol kasbdan rizq topish, soʻng tavakkul va tajridga buyurgan. Ibrohim Sitanbah Hiraviy Hirotda koʻp mol-dunyoga ega boʻlganiga qaramasdan, bir necha marta tavakkul qilib, yoʻl ozigʻisiz va yayov haj ziyoratiga borib kelgan. Qabri – Qazvinda. “Nasoyim ul-muhabbat”da ham, “Mahbub ul-qulub”da ham Ibrohim Sitanbah haqida maʼlumotlar berilgan[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat. 
  3. Mahbub ul-qulub.