Ibrohim Nurmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibrohim Nurmonov (1936.29.12, Samarqand viloyati) — aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik boʻlimini (1965) va rejissyorlik boʻlimini (1982) tugatgan. 1965 yildan Kattaqoʻrgon teatrida ishlaydi (1982—85 yillar teatr direktori va badiiy rahbari, 2000 yildan bosh rejissyor). Komilov (I. Sulton, "Imon"), Sorrini (M. Lermontov, "Ispanlar"), Niyoz (I. Sulton, "Nomaʼlum kishi"), Navoiy (I. Maxsumov, "Navoiy Astrobodda"), Husnidsin (Ya. Xudoyqulov, "Sud") kabi obrazlar yaratdi. U oʻz qahramonlarini romantik his-tuygʻular va falsafiy mazmun bilan chuqur ochishga intiladi. N. sahnalashtirgan "Oltin devor" (E. Vo-hidov), "Mehribonlar" (J. Asomiddi-nov), "Tobutdan tovush" (A. Qahhor), "Zebunniso" (Uygʻun), "Makr va muhab-bat" (F. Shiller), "Oʻzing uchun oʻl yetim" (Oʻ. Umarbekov), "Armon" (Ya. Xudoy-qulov) kabi spektakllarda ijrochilar ansamblining yaxlitligi taʼminlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil