Ibrohim Muhammad Xalil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim Muhammad Xalil (15 asr) – xurosonlik turkigoʻy shoir va amirzoda, Muhammad Xalilning oʻgʻli. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yaxshi nazmiy taʼbi borligi, odobli va hurmatga sazovor yigit ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Koʻrub agʻyorni filhol ilik koʻksumgakim, urdum, Emas taʼzim uchun, xanjarlari zaxmini yoshurdum[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.