Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim Ishtixoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Roviy

Ibrohim Ishtixoniy (arabcha: ابراهيم اشتيخاني — Ibrohim ibn Hamdavayh ibn Qutn Ishtixoniy) — roviy.

Ibrohim Ishtixoniy oʻrta asrlarda Ishtixonda tavallud topgan. Hadis ilmiga oid boshlangʻich taʼlimni otasi Hamdavayh Ishtixoniydan olgan.

Keyinchalik Abu Ali Sukkoniy, Abu Abdulloh Nuh ibn Janoh Mojarmiy kabi allomalardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan. A.Ataevning „Jizzax allomalari“ nomli kitobida keltirilishich Ibrohim Ishtixoniy tomonidan keltirilgan hadislarni aksariyati Abu Muso Imron ibn Idris Ishtixoniy va Abulabbos Ahmad Nundiy Samarqandiylardan rivoyat qilingan[1].

Ibrohim Ishtixoniydan Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy Soʻgʻdiy hadislarni Muhammad ibn Muso Soʻgʻdiy vositasida rivoyat qilgan[2].

  1. Qarang: Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 610.; Ataev A. Jizzax allomalari. — T.: Adib, 2014. 61.
  2. Qarang: Ataev A. Jizzax allomalari. — T.: Adib, 2014. — B. 64.; Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 22.