Ibodulla sulton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibodulla sulton (?—1586) — shayboniy sultonlardan, Abdullaxon II ning inisi. Iskandarxon (1563—1583) va Abdullaxon II (1583—98) hukmronligining dastlabki yillarida Samarqand hokimi boʻlgan. 1583 yil Abdullaxon bilan oralari buzilgan, Abdullaxon Andijonda isyon koʻtargan Isfandiyor sultonga qarshi qoʻshin tortganda Ibodulla sulton unga koʻshilishdan bosh tortgan. Doʻstum sulton (Toshkent hokimi), Isfandiyor sulton (Andijon hokimi) va Oʻzbekxon (Hisor hokimi) bilan Abdullaxonga qarshi ittifoq tuzib (1586 yil 3 avgust) Ibodulla sulton boshliq qoʻshin Buxoro atrofini talon-toroj qilgan. 16 avgustda fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil