Ibodulla Maxsim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibodulla Maxsim — 1880-yili tugʻilgan, Kosonsoy rayoni Sargauchi qishlogʻidan, sobiq quloq, 1922-yili bosmachilikka amaliy yordam bergani uchun 8 yil ozodlikdan mahrum qilingan, 1930-yili esa sovetlarga qarshi targʻibot olib borgani uchun 5 yil qamoqqa hukm etilgan, jazoni oʻtagan, hibsga olingunga qadar mashgʻuloti aniq boʻlmagan. Musulmon ruhoniysi Mavlonxontoʻra Eshonxon toʻra tomonidan aksilinqilobiy isyonchi guruhga tortilganlikda, isyonkor xodimlar tayyorlashni maqsad qilib qoʻyganlikda, sovet hokimiyatini agʻdarib Oʻzbekistonda “Musulmonobod” yaratishda interventlarga yordam koʻrsatganlikda, Andijon va Shahrixon rayonlarida aksilinqilobiy yacheykalar tuzish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrganlikda, shaxsan oʻzi Isoqxon Toʻrayevni bu yacheykaga tortganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]