Ibodiyev Abduvahob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibodiyev Abduvahob, Mulla Abduvahob Ibodiy (1877, Qoʻqon — 1943) — Oʻzbekistonda maorif tashkilotchilaridan, taraqqiyparvar mu-allim. 23 yoshidan maorif ishlari bilan shugʻullangan. Madrasada tahsil olgach, 1901 y. Qoʻqonda "Maktabi voqiya" ("Hayot maktabi") deb nomlangan yangi usuldagi maktab ochdi va oʻzi muallimlik qildi. Keyinchalik maktab "Urfon" ("Ilm") deb nomlandi va 1918/19 oʻquv yilidan 1namuna xalq maktabiga aylantirildi. Bu yerda oʻzi mudir va muallim boʻlib ishladi. 1919 y. yetim va muh-toj bolalar uchun Qoʻqonda 100 oʻrinli internat tashkil etildi va I. unga mudir qilib tayinlandi. 1923 y. I Qoʻqon sh. maorif boʻlimining topshi-rigʻi bilan 2 bosqichli oʻzbek maktabini tashkil etdi (1-bosqich 1—3 sinf, 2-bosqich 4—5 sinfdan iborat boʻlgan) va shu maktabda mudir hamda muallim boʻlib ishladi. Akad. Tesha Zohidov, shoir va publitsist Shokir Sulaymon va b. shu maktabni tugatganlar. 1927 y. internatlar qayta tashkil etilishi munosabati bilan I. bolalar uyida kariyb 10 y. mudir boʻlib ishladi. I. yangi usul maktablari uchun nashr qilingan "Tahsil-ul alifbo" ("Alifbo oʻqishi", Toshkent, 1912) alifbe kitobi, "Eʼtiqodi islomiya" ("Islom eʼtiqodi", Toshkent, 1914) qoʻllanmasi muallifi. "Mehnat qahramoni" (1936). Qatagʻonga uchrab 1937 y. 16sent. da qamoqqa olingan va oʻsha yerda vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil