Ibn al-Vardiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hafs Zayn al-Din ʻUmar ibn al-Muzafar Ibn al-Vardiy ( arabcha: عمر ابن مظفر ابن الوردي ), Ibn al-Vardiy nomi bilan mashhur, arab tarixchisi AH 691 (1291/1292) - AH 749 (1348/1349), tarixga oid boʻlimlari boʻlgan geografik risolaning "Xaridat ul-ajoyib faridat ul-g'aroyib ” (“Moʻjizalar durdonasi va gʻaroyib narsalarning oʻziga xosligi”) muallifi. U "Tarix Ibn al-Vardiy” asarini ham yozgan.

Xaridat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn al-Vardining dunyo atlasi, 17-asrda koʻchirilgan qoʻlyozma.

"Xaridat" asari o'sha davrdagi arab dunyosi haqida geografik bilimlarni umumlashtirgan bo'lib, uning iqlimi, relyefi, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, aholisi, turmush tarzi, dunyoning alohida mintaqalaridagi mavjud davlatlar va ularning hukumatlari bilan bog'liqdir. Asarga dunyoning rangli xaritasi va Ka’ba surati ham kiritilgan.

Garchi “al-Vardiy” kitobida al-Mas’udiy, at-Tusiy va boshqa bir qancha manbalar tilga olingan bo‘lsa-da, Muhammad Bencheneb ushbu kitob faqatgina misrlik yozuvchi Najm ad-Din Ahmad ibn Hamdon ibn Shabib al-Hanbaliyning (1322) "Jome ul-funun va salvat ul-mahzun" kitobining ko'chirilgani deb ta'kidlagan. [1]. "Xaridat"ning birinchi bobiga kelsak, garchi u Bencheneb taʼkidlaganidek, bilvosita al-Hanbaliy orqali yetib kelgan boʻlishi mumkin boʻlsa-da, aslida "Xaridat' asari bilan o'xshash frzeologiyalarni o'z ichiga olgan Yoqutning "Mo'jam ul-buldon" asarining deyarli nusxasidir. [2]

Shuningdek, muallif slavyanlar va ularning turmush tarzi haqida gapirib, al-Mahdiyya shahrini Fotimiylar sulolasining qarorgohi sifatida tilga oladi. Shuning uchun kitob 969-yilda asos solingan Qohira shahridan ham qadimiyroqdir.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bencheneb, Mohamed (1936), "Ibn al-Wardī", The Encyclopaedia of Islām, E. J. Brill ltd., vol. III, p. 428
  2. Jwaideh (1987), p. 19, note 4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bencheneb, Mohamed (1936), „Ibn al-Wardī“, The Encyclopaedia of Islām, E. J. Brill ltd., III-jild, 428-bet