Ibn al-Muqaffa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn al-Muqaffa, Abu Muhammad Abdulloh (islom qabul qilinguncha davrdagi forscha ismsharifi — Roʻzbex ibn Dadoye) (720—759, Basra) — yozuvchi, tarjimon. Asli fors boʻlib, umrining koʻp qismi Basrada oʻtgan. U turli amir va hokimlar saroyida mirza boʻlib ishlagan. Axloqiy-tarbiyaviy mavzuda "Al-adab ul-kabir" ("Katta ishlarni bajarish odobi") va "Al-adab us-sagʻir" ("Kichik ishlarni bajarish odobi") kabi asarlar yaratgan. Aristotelnnng "Kategoriyalar", "Analitika" asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Mashhur "Kalila va Dimna"th qad. paxlaviy tilidan arab tiliga tarjimasi tufayli bu asar jahon adabiyotidan oʻrin olgan. Qad. fors qahramonlik hikoyalari toʻplami — "Hokimlar haqida kitob" ni arab tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil