Ibage

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibage — Kolumbiyaning markaziy qismidagi shahar. Markaziy Kordilyera togʻlarining sharqiy yon bagʻrida. Tolima departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 347 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxirlari). T. y. va avtomobil yoʻli orqali Xirardotdagi aeroport va Bogota sh. bilan bogʻlangan. Kofe, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari yetishtiriladigan r-nning savdo markazi. Oziqovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Hunarmandchilikda teridan turli buyumlar ishlab chikariladi. Shaharga 1550 y. da asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil