Kontent qismiga oʻtish

IX-XIV asr boshlarida arxiv ishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hujjatchilik an’anasi o‘rta asrlarda yanada takomillashib borgan. Mahkamalarda ish yuritish bilan bog‘liq ishlar qonuniy tus ola bosh�lagan. Hujjatlarni saqlashga alohida e’tibor berila boshlangan. Ayniqsa, vaqf mulklari bilan bog‘liq vaqfnomalarni yozish va uni saqlash an’anasi rivojlanib borgan. Afsuski, somoniylar, o‘rta asrlar davlat mahkamachiligi bilan bog‘liq arxiv hujjatlari bugungi kungacha hali aniqlangani yo‘q. Ammo mulklarni vaqfga o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarning talayginasi bizgacha yetib kelgan. [1]Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rga�nish davri keldi. Chunki o‘zingizga ma’lum, sho‘ro’lar zamonida tari�xiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura 71 manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. 50 Vaqf deb hukmdor yoki boshqa shaxslar tomonidan ko‘char va ko‘chmas mulklar (ekin yerlari, tegirmonlar, ariqlar va boshqa sug‘orish inshootlari, karvonsaroy, ustaxonalar)ning diniy muassasalari, masjidlar, madrasalar, shifoxonalar va boshqa shu kabi joylar uchun xayriya qilinishi tushunilgan. Vaqf mulklari rasmiylashtirilgan hujjat vaqfnoma deb atalgan hamda qozining muhrlari bilan bu hujjat qonuniylashtirilgan. Ma’lumki, Somoniylar sulolasi vakili Ismoil Somoniy markaz�lashgan davlatga asos solgan, o‘ziga xos boshqaruv tizimini vujudga kel�tirgan. Uning davrida mahkamachilik an’analari ham rivojlangan va mulklarni vaqf qilish an’anasi boshlangan. Vaqf hujjatlarida mulklarni biror tashkilotga xayriya qilishgina emas, balki tarixiy jarayonlar, ijti�moiy-iqtisodiy hayot, somoniylarning kelib chiqishi, somoniylar tarixi kabi masalalar ham o‘z ifodasini topgan. Ismoil Somoniy vaqfnomasi Markaziy Osiyoda o‘rta asrlarda huquqiy hujjat yuritish ishlari qay tartibda amalga oshirilganligini bilish uchun ham asos bo‘ladi. Vaqfnoma asosan Ollohga hamd va payg‘ambar Muhammad (s.a.v) salavot so‘zlari bilan boshlanadi. Shundan so‘ng vaqf ta’sis etilishi sabablari bayon etiladi; vaqfdan keladigan daromad kimlarga va qanchadan taqsimlanishi bildiriladi. Vaqfnomada vaqf yeri kim uchun yoki qaysi muassasa foydasiga joriy etilayotgani aytiladi. Vaqf yeri chegaralari, uning qaysi yerlar bilan chegaradosh ekanligi ham hujjatda qayd etiladi. Vaqf yerlarining boshqaruvchisi mutavalli deb yuritilgan. Muta�valli vakolatiga vaqf yerlarining ishlarini yuritish, ularni tartibga solish kirgan. Mutavalli vaqf mulki boshqaruvchisi bo‘lgani bois vaqf yerini xohlagan odamiga xohlagan shartlar asosida ijaraga berishi mumkin bo‘lgan. Ismoil Somoniy vaqfnomasi orqali Ismoil Somoniyning nima sababdan o‘z avlodlari foydasiga Buxoro viloyati atrofidagi bir qator qishloqlar va boshqa yerlarni vaqf sifatida ta’sis etganligini, joy nomlarini, ayniqsa qishloqlarning toponimikasini, somoniylar sulolasi shajarasini, somoniylarning kelib chiqishini, Markaziy Osiyo va Xuroson o‘lkalarida joylashgan davlat, viloyat va shaharlar toponimlarini, o‘sha davr qozilarining ish yuritish uslublarini, umuman o‘rta asr sud-huquq ishlari faoliyatini, Buxoroda qozilik ishlari qanday yo‘lga qo‘yilganligini, Somoniylar sulolasi inqirozining sabablarini, Buxoroning iqtisodiy – siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotini, somo�niylar sulolasining Markaziy Osiyo xalqlari hayotida tutgan o‘rnini va uning ahamiyatini aniqlash mumkin. Vaqf hujjatlarini dastlab 1950- yilda taniqli sharqshunos olima O.D. Chexovich ilmiy muomalaga olib kirgan. 1951-yilda u O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 527 “a” raqamli hujjat bo‘yicha maqola e’lon qiladi. “XIII asr Buxoro vaqfi[2] kitobida ham Ismoil Somoniy vaqfnomasi haqida to‘xtalib o‘tilib, bu vaqfnomada uchragan joy nomlari boshqa vaqfnomalardagi toponimlar bilan qiyoslanib, ular haqida birmuncha ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. 1995-yilda M.Usanova o‘zining “Ismoil Somoniy vaqfnomasi” nomli maqolasida O‘zRFA Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxividagi Ismoil Somoniy vaqfnomalari haqida ma’lumot berib o‘tadi: hujjatlarning hajmi, qog‘ozi, ulardagi satrlar, siyohlarining rangi haqida ma’lumot keltiradi hamda bu ikkala hujjatni o‘zaro taqqoslaydi, 527 “a” raqamli hujjatdagi somoniylar tarixi yoritilgan lavhalarni boshqa manbalar orqali qiyosiy tahlil qiladi. O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan hujjat bir�biriga yopishtirilgan 8 ta qog‘oz bo‘laklarining o‘ramidan iborat, uning uzunligi 6 m 60 sm, eni 19-20 sm, bu hujjatda Ismoil Somoniy o‘z avlodlariga vaqf qilib qoldirgan Buxoro viloyati atrofidagi qishloqlar hamda somoniylar sulolasining shajaraviy tarixi haqida so‘z yuritiladi. Hujjatda Ismoil Somoniy vaqf yerlari birma-bir sanab keltirish bilan kifoyalangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivining Buxoro vaqfnomalari ro‘yxati olingan 323-asosiy fondida 758/6 va 758/7 raqam�lari bilan Ismoil Somoniy avlodlari foydasiga vaqf qilingan hujjatning bir nusxasi saqlanadi. Vaqfnomaning bu nusxasi katta bir butun qog‘oz o‘ramidan iborat bo‘lib, “Podshoh Ismoil Somoniy avlodlari vaqfnoma�si” deb ataladi. Bu hujjat ham bir-biriga yopishtirilgan 7 ta qog‘oz bo‘- laklarining o‘ramidan iborat. Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash uchun qog‘oz bo‘laklarining bir-birlariga yopishtirilgan joylarining har ikki tomoniga muhr bosilgan, muhrlarning hammasi 13 ta. Madaniy Meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foyda�lanish boshqarmasida 3499-3510 raqamlari ostida saqlanayotgan 73 hujjat fotonusxa ko‘rinishida bo‘lib, bu hujjatning asl nusxasi bizning kunimizgacha saqlanib qolmagan. Bu hujjat 758/6 va 758/7 raqamli hujjat bilan bir xil mazmunga ega. Fotosuratga ko‘ra, hujjat bir-biriga yopishtirilgan 8 ta qog‘oz bo‘laklarining o‘ramidan iborat, uning umumiy uzunligi 3–4 m, eni esa taxminan 25-30 sm. Bu hujjat o‘ram shaklida saqlangan. Shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu hujjat nafaqat Ismoil Somoniy vaqf yerlarini o‘rganishda, balki shuningdek somoniylar tarixini ham o‘rganishda manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki uning asosiy qismi somoniylar sulolasi tarixidan iborat. Shuningdek, vaqfnoma atamalarga boy bo‘lib, ular o‘sha davr�dagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy boshqaruv tizimi, soliq tizimi, hu�narmandchilik, somoniylar saroyidagi urf-odat, madaniyat va boshqa masalalarni yoritishda katta ahamiyatga ega.[3] Hujjat Buxoro va uning atrofidagi katta va kichik qishloqlarning tarixiy toponimikasini o‘rga�nishda ham qo‘shimcha ma’lumotlar beradi. O‘rta asrlarda sulolaviy yoki oilaviy vaqf yerlari ham mavjud bo‘lib, bu vaqfi avlod deyilgan. Faqat sayyidlar va xo‘jalargina o‘z vaqflarini vaqfi avlod sifatida rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘lgan�lar. Vasiyatning bu turi yer egasi mulkining bo‘linmasligini nazarda tutgan. Shuning uchun hukmdorlar, din peshvolari, sayyidlar, xo‘jalar va katta mulk egalari masjid, madrasa va xonaqolar qurib, bu yerlarni abadiy vaqf sifatida ta’sis etganlar. Xayriyaning bunday turida vaqf ta’sischisining o‘zi umrbod mutavalli bo‘lar, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning farzandlariga o‘tar edi. Shu tariqa vaqf mulklari boshqaruvchisi lavozimi nasldan-naslga o‘tgan. Xo’ja Axror va Jo‘y�bor shayxlarining vasiyatlari ham vaqfi avlodga misol bo‘la oladi. Vaqfi avlodning ikki turi mavjud bo‘lgan: sayyidlarning avlodlari foydalanadigan vaqfi avlod va ikkinchisi oilaviy. Uning birinchisidan farqi shuki, bu vaqf ma’lum oila vakillarining mulki hisoblangan. Ismoil Somoniyning vaqf yerlari vaqfi avlodning birinchi turiga misol bo‘la oladi.[4]

  1. Ushbu mavzuni yozishda qisman B.Musametovning magistrlik dissertatsiya�sidan foyda. 
  2. “XIII asr Buxoro vaqfi”. 
  3. 2 Петрушевский И.П. Из истории Бухары в XIII в. //Ученые записки ЛГУ. Серия восточных наук. Вып. I. 1949. –С.103-108. 
  4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. //Karimov I.A. Asarlar, 7-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. –B. 133..