ISHROQ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ISHROQ („sharqiy munavvarlik“) -soʻfiylikdagi — falsafiy taʼlimot; Yahyo as-Suxravardiy (1191 y. v.e.) tomonidan ishlab chiqilgan. Yorug‘lik va zulmat ramzlaridan, shuningdek, zardushtiylikdagi muqaddas kitoblardan olingan obrazlardan keng foydalanib as-Suxravardiy aslini olganda o‘ziga xos taʼlimot yaratgan. I. haqidagi taʼlimotga asosan har qanday mavjudlikning manbasi va energiyasi „Oliy nur“ (nur al-anvar; fors. — xorra) bo‘lib, u o‘zining borlig‘i bilan birinchi maxluq — „farishta“, Baxman nurini „yoritadi“. I. taʼlimotiga ko‘ra bayon etilgan dunyo manzarasi soʻfiyning o‘ta berilib zikr tushishi paytida o‘ta sezgir va ongli bilimga ega bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘lib xizmat qiladi. Soʻfiyning ruhi moddiy olamning har xil „chiqitlari“dan zohidlik tajribasi orqali poklangach, ilohiy nur bilan „nurlanadi“, u „dunyoning sir-asrorlaridan“ boxabar bo‘ladi va o‘z manbasi tomon uchib, u bilan qo‘shilib ketadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI,"Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]