IGIP

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IGIP (nemischa: Internationale Gesellschaft für Ingenieurpädagogik) — muhandislik pedagogikasi boʻyicha xalqaro jamiyat boʻlib, texnik va muhandislik soxasida tayyorlash va ushbu sohada progressiv faoliyat bilan shugʻullanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhandislik pedagogikasi boʻyicha xalqaro jamiyat (IGIP) (Vena, Avstriya) 1972-yilda professor, doktor Adolf Meletsinik tomonidan tashkil etilgan. Bugun u IGIPning faxriy umirbod prezidentidir.[1]

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

IGIPning maqsadi — texnik fanlarni oʻqitishning ilmiy usullarini, yaʼni pedagogika va metodologiyani targʻib qilishdir. Bugungi kunda IGIP xalqaro muhandislik oʻqituvchilarining noyob roʻyxatiga ega boʻlib, ularning har biri IGIP talablariga javob beradigan darajaga ega.

IGIP doirasida hamjamiyat aʼzolari va yangi gʻoyalar uchun ochiq boʻlgan 11 doimiy ishchi guruhlar mavjud. Ushbu guruhlarga quyidagilar kiradi:

  • „Uzluksiz muhandislik taʼlimi“,
  • „Muhandislik taʼlimida etika“
  • „Malakaviy tizim“
  • „Oʻquv dasturlari sifatini taʼminlash va akkreditatsiya qilish“,
  • „Muhandislik taʼlimining xalqaro standartlari“,
  • „Muhandislik taʼlimida gumanitar fanlar“
  • va boshqalar.

Ishchi guruhlar seminarlar, mahorat darslari tashkil etadi, tadqiqot natijalarini nashr etadi. Shuningdek, IGIP har yili muhandislik taʼlimiga qiziqqan har bir kishiga hamkasblari bilan uchrashish, tajriba almashish va yangi aloqalar oʻrnatish imkonini beruvchi konferensiyalar oʻtkazadi.

Vakolatxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim davlatlar darajasida IGIP Xalqaro muhandislik pedagogikasi jamiyatining milliy monitoring qoʻmitalari tomonidan taqdim etiladi. Ular qatoriga Xalqaro muhandislik pedagogikasi jamiyatining Rossiya monitoring qoʻmitasi; Xalqaro muhandislik pedagogikasi jamiyatining Ukraina milliy monitoring qoʻmitasi va boshqalar kiradi.

Monitoring qoʻmitalari oʻz yurisdiktsiyasi ostidagi mamlakatlarning texnik universitetlari vakillarini birlashtiradi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vyacheslav Mixaylovich Prixodko
  • Malaxov, Valeriy Pavlovich

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]