Husniddin Hamidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamidov Husniddin (1935.5.1, Chimboy tumani — 05.11.2019) — qoraqalpoq tilshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi(1993), filol. fanlari doktori (1990). Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). Chimboy tumani maktablarida oʻqituvchi (1955 — 59). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot institutida kichik, katta ilmiy xodim (1960—71; 1983— 86), boʻlim boshligʻi (Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi, 1971—83; Mumtoz qora-qalpoq adabiyoti va Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi, 1986—89; qoraqalpoq tili tarixi, dialektologiyasi va qoʻlyozmalar boʻlimi, 1989-yildan). H.ning ilmiy ishlari asosan qoraqalpoq tilining tarixiga — uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. H., shuningdek, Sharq qoʻlyozmalarini toʻplash, izoxlash va nashrga tayyorlash ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koraqalpaqtili tariyxshsh ocherklari, Nokis, 1974; Yeski qaraqalpaqtilinin jazba yestelikcheri, Nokis, 1985; Karakal-pakskiy yazmk XIX — nachala XX vv. po dan-nnm pismennmx pamyatnikov, T., 1986; rukopisnoye naslediye Berdaxa, Nukus, 1995.