Husayniy (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Husayniy, Atoulloh (toʻliq ismi Amir Burhoniddin Atoulloh Mahmud Husayniy Nishopuriy) (taxminan 15-asrning 40-yillari, Nishopur — 1513, Mashhad) — fors adabiyotshunosi, shoir. H. Sharq sheʼriyati masa-lalari bilan shugʻullanib, "adabiyot bilim-doni" sifatida tanilgan, muammo sanʼatida oʻz davrining yagonasiga aylangan. Hirotning mashhur Ixlosiya, Sultoniya va boshqa madrasalarida dars bergan. Ilmi badeʼ boʻyicha keng va chuqur bilimga egaligi tufayli Alisher Navoiy eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Navoiy unga davlat hisobidan maosh ajratgan; oʻz huzuriga chorlab, adabiyotshunoslik masalalari boʻyicha suhbatlar qurgan, badiiy sanʼatlarga doir asar yozishga daʼvat qilgan. "Badoyiʼ ussanoyiʼ" ("Badiiy sanʼaglar") asari ana shu daʼvatlar natijasida vujudga kelgan (1493) va Alisher Navoiyga bagʻishlangan. Shuningdek, uning "Risolai qofiya" ("Qofiya haqida risola") asari ham mavjud. Bu asarlarda oʻzigacha oʻtgan adabiyotshunoslarning fikrlarini umumlashtirgan va rivojlantirgan. "Ato", "Atoiy", "Atoulloh" taxalluslari bilan sheʼrlar yozgan.

Navoiyning ham, boshqa zamona fozillarining ham eʼtirofu olqi-shiga sazovor boʻlgan "Badoyiʼ ussa-noyiʼ" asari bilan H. Sharq mumtoz poetikasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Bu asar debocha, muqaddima, 3 sanʼat turi va xotimadan iborat: debocha kitobning yozilish sababi, muqaddima aruz vazni va zihoflari xususida boʻlib, 1-bobda 60 ta lafziy sanʼat, 2-bobda 63 ta maʼnaviy sanʼat, 3-bobda 23 ta lafziyu maʼnaviy sanʼat toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Xotima 2 qismdan iborat: birinchisida sheʼrning maʼno bilan bogʻliq illatlari haqida fikr yuritilib, 2-bobda 15 ta atamaga izoh berilgan. H. sanʼatlarni lafziy. maʼnaviy va lafziyu maʼnaviyga ajratadiki, bu oldingi adabiyotshunoslar kitoblarida uchramaydi.

Badiiy sanʼatlarga misol qilib 50 ga yaqin shoir ijodidan namunalar berilgan, oʻz ijodidan esa taxminan 700 bayt sheʼr keltirilgan. H. kitobida 147 ta sanʼat berilgan va shundan 32 tasini olimning oʻzi kashf etgan. U turli munosabat bilan asarda Navoiy nomini tez-tez tilga olgan, unga atab yozgan sheʼrlarini ilova qilgan.

"Badoyiʼ ussanoyiʼ"ni oʻzbek tiliga Alibek Rustamov asliyatiga mos holda mukammal tarjima qilib, sharhu izohlar bilan nashr ettirgan.

Manbalar[tahrir]

  • Badoyiʼ ussanoyiʼ, T., 1981.

LL.Alisher Navoiy, Majolis uinafois [Mukammal asarlar toʻplami) 13-j., T., 1998; Xondamir, Makorim ulaxloq, T., 1967; Zay ni ddin Vosifiy, Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ, T.. 1979; Olimov S, Navo-iyning sheʼrshunos shogirdi, T., 1990; Hay -itmetov A., Adabiy merosimizufklari, T., 1997;Homidiy H., Koʻhna Sharq dar-gʻalari, T., 1999.

Ergash Ochilov.