Husayn Saraxsiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Husayn saraxsiy (16-17-asrlar) — tarixchi, mutasavvif. Joʻybor xojalarinint muridi boʻlgan. H.S.ning forscha "Manoqibi Saʼdiya" ("Xoja Muhammad Saʼdning manoqiblari") asari Joʻybor xojalariga bagʻishlangan boʻlib, 7 bobdan iborat. Unda muhammad Shayboniyxon vafotidan soʻng Movarounnahrdagi ichki vaziyat, qizilboshlilar xuruji, shayboniy xonlari Ubaydullaxon, Abdullaxon [/ bilan viloyat hokimlari oʻrtasidagi munosabatlar, Xoja Muhammad Islomning saltanatdagi mavqei keng aks etgan. Asar sharqshunos H.Toʻrayev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Manoqibi Saʼdiya. Buxoro, 1997. Ad.:Ahmedov B., Oʻzbekistonning atoqli tarixshunos olimlari. T., 2003.