Husayn Boyqaro koʻchasi
Toshkent shahridagi markaziy koʻchalardan biri hisoblanadigan Husayn Boyqaro koʻchasi Bektemir tumanida joylashgan. Bu koʻcha Oxangaron va Bektemir kuchalari oraligʻida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Husayn Boyqaro koʻchasining uzunligi 5 km. 20-asrning 1-yarmida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumaniga qarashli Bektemir Qoʻrgʻonining kengayishi va sanoat korxonalari qurilishi tufayi tashkil etilgan. Dastlab koʻcha Lixachyov nomi bilan yuritilgan. 1992-yil 6 apreldan Husayn Boyqaro (1438-1506) nomi bilan qayta nomlangan va bugungi kungacha shu nom bilan atalib kelinmoqda.
Inshootlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha boʻylab tuman xokimligi va unga tegishli muassasalar, „Toshkentspirt“(hozirgi Bektemir-Spirt)[1], „Irgidromash“, „Shoshenergiya“ korxonalari hamda „Sergelibeton“ korxonasi filiali, „Suvchi“ bozori, „Quyoshcha“ bolalar maydonchasi, 158-dorixona, „Zafar“ stomatologiya poliklinikasi, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqa diqqatga sazovor maskanlari joylashgan.
Tutashgan ko'chalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Husayn Boyqaro koʻchasi tarkibida 3 ta tor kucha mavjud. Koʻchaning yoʻnalishini Bektemir kanali kesib oʻtgan. Husayn Boyqaro koʻchasi Roxat va Yuqori Chirchiq koʻchalari bilan tutashgan[2].
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://bektemir-spirt.uz/ru/glavnaya/
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.