Huquqiy vorislik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Huquqiy vorislik - huquq va majburiyatlarning bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtishi. Huquqiy vorislikning umumiy (universal) va xususiy (singulyar) turi bor. Umumiy Huquqiy vorislikda vorisga barcha huquq va majburiyatlar oʻtadi (mas, meros qoldirishda, yoki bir necha tashkilotlar, yaʼni yuridik shaxslar qoʻshilgan-da). Xususiy (shaxsiy) Huquqiy vorislikda biron-bir alohida huquq bir shaxsdan boshqasiga oʻtadi (mas, dastlabki kredi-tor huquqining boshqa shaxsga huquq oʻtish paytidagi hajmda va shartlarda berilishi). Shu bilan birga boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin boʻlmaydigan huquqlar ham mavjud. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining FK aliment talab qilish, hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash huquqining boshqa shaxsga oʻtishiga yoʻl qoʻymaydi.