Huquq obʼyekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Huquq obyekti - huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subʼyektlarning diqqat-eʼtibori, manfaati, xattiharakati qaratilgan tayin neʼmat, narsa, jarayonlar. Mas, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam joniga qasd qilish jinoyatining obyekti — insonning hayoti va shahrik. Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari, ijtimoiy voqeliklar kabi turli-tuman-dir. Ularni asosan quyidagichatasniflash mumkin: buyumlar, ashyolar, moddiy olam neʼmatlari; maʼnaviy ijod mahsulotlari; inson faoliyati, xulqatvori; shaxsiy nomulkiy neʼmatlar. Tabiat neʼmatlari va odamning mehnat faoliyati jarayonida yaratilgan narsalar yuridik maʼnoda buyum (ashyo) lar boʻlib, ular asosida huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Moddiy olam neʼmatlari obyekt boʻluvchi huquqiy munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiritiladi. Intellektual-aqliy faoliyat natijasi maʼnaviy ijod mahsulotlari boʻlib, ular yuzasidan ham turli huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Inson faoliyati, xulq-atvori ham huquqiy munosabatlar vositasida tartibga solinuvchi obyekt sifatida koʻriladi. Huquqiy munosabatning shaxsiy nomulkiy obyekti deganda insonning bevosita shaxsiyati bilan bogʻliq narsalar — uning hayoti, qadr-qimmati. shaʼni, sogʻligʻi kabilar tushuniladi. Bular jinoyat qonuni, fuqarolik, maʼmuriy, nikoh va oila hamda boshqa qonunchilik sohalari tomonidan muhofaza etiladi.