Kontent qismiga oʻtish

Hukm (huquq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hukm (huquqda) — jinoyat protsessida sudlanuvchining aybdorligi yoki aybdor emasligi haqida sudning chiqargan qarori. Oʻzbekiston Respublikasi sudlari H.ni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. H. qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart. Sud H.ni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi. Sudning H.da ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lo-zim. H. faqat maslahatxonada yakka sudya yoki hayʼat tomonidan qabul qilinadi va barcha holatda ham oshkora eʼlon etiladi. H.ning 2 turi mavjud: ayblov H.i va oqlov Hukm (huquq). Ayblov H.i, oʻz navbatida 3 turga boʻlinadi: jazo belgilaydigan, jazo belgilamaydigan, jazodan ozod qiladigan ayblov Hukm (huquq) Jazo belgilaydigan ayblov H.i sudlanuvchining jinoyatni sodir etishdagi aybi sud muhokamasi davomida ishonchli dalillar bilan isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Faqat ayblov H.i bilan sudlanuvchi aybdor deb topiladi va jazoga tortiladi. Sud quyidagi hollarda jazo belgilamaydigan, yaʼni jazo tayinlamasdan ayblov H.i chiqaradi: mahkum sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa; mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa; H. chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa; mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar taʼsir choralarini yoki maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashi bilan erishish mumkin boʻlsa; H. chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa. Jazodan ozod qiladigan ayblov H.ini chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi: sudlanuvchini jazodan ozod qiluvchi amnistiya akti eʼlon qilinsa; shaxsning H. chiqqunga qadar qamoqda boʻlgan vaqti tayinlangan jazo chorasiga teng yoki bu choradan ortiq boʻlsa. Oqlov H.i: jinoiy hodisa yuz ber-magan boʻlsa; sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa; jinoyatni sodir etishda sudlanuvchining ishtiroki isbotlanmasa chiqariladi.

Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, H. shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va 3 qismdan: kirish, tavsif va qaror qismlaridan iborat boʻladi. Ayblov H.i 10 kun muddat ichida, oqlov H.i eʼlon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. H. ustidan apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida shikoyat va protest keltirilishi mumkin.

Zumrad Inogomjonova.