Hui Jiakang

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hui Jiakang
惠家康
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 31-avgust 1989-yil (1989-08-31) (34 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Changchun Yatai
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Shenzhen 13 (0)
2009 Ferencvárosi 0 (0)
2010—2011 Chengdu Blades 35 (1)
2012—2020 Tianjin Teda 133 (9)
2021- Changchun Yatai 0 (0)
Milliy terma jamoa
2008 Xitoy U-20 3 (1)
2008—2017 Xitoy 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-aprel 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-yanvar 2017-yil uchun)

Hui Jiakang (1989-yil 31-avgustda Shenyan shahrida tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Chanchun Yatai“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hui Jiakang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Shenzhen yoshlar jamoasini tamomlagandan soʻng boshlagan. U 2008-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida 5-iyul kuni debyut qilgan. U debyut uchrashuvida „Shandong Luneng“ga qarshi maydonga tushib 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[1]. Mavsum oxirida Hui Jiakang ligada oʻn uchta oʻyin oʻtkazgan va uning klubi unga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan, biroq mavsum boshida yangi shartnomasida maosh borasida kelishmovchilik yuzaga kelganidan keyin u jamoadan chetlatilgan[2].

Butun mavsum davomida futbol oʻynamay, Vengriyaning „Ferencvarosi TC“ jamoasi bilan mashgʻulotlarga joʻnab ketgan, to 2010-yil liga mavsumi boshida Xitoyning ikkinchi divizion jamoasi „Chengdu Blades“ uni oʻziga transfer qilgan va u yerda 2010-yil 4-aprelda „Nankin Yoyo“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻyinda ular 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonishgan[3]. Mavsum davomida u oʻn toʻrtta liga oʻyinida oʻynagan, klub divizionda ikkinchi oʻrinni egallagan va yuqori divizionga koʻtarilgan. Keyingi mavsumda Hui jamoada muntazam maydonga tushishiga qaramay, 2011-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi oxirida jamoaning quyi divizionga tushib ketishiga toʻsqinlik qila olmagan[4].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hui Jiankang 2008-yilda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qatnashgan. U Xitoy U-20 terma jamoasi tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urgan[5]. Hui Jiakang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. Xitoyliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[6]. U Xitoy terma jamoasi safida 9 yildan soʻng 2017-yilning 10-yanvarida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida ikkinchi marta maydonga tushgan[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shenzhen 2008 Xitoy Super Ligasi 13 0 - - - 13 0
Ferencvárosi 2009-10 Nemzeti Bajnokság I 0 0 0 0 - - 0 0
Chengdu Blades 2010 Xitoy Birinchi Ligasi 16 0 - - - 16 0
2011 Xitoy Super Ligasi 19 1 1 0 - - 20 1
Jami 35 1 1 0 0 0 0 0 36 1
Tianjin Teda 2012 Xitoy Super Ligasi 16 0 0 0 5 0 - 21 0
2013 7 0 0 0 - - 7 0
2014 9 0 0 0 - - 9 0
2015 5 0 0 0 - - 5 0
2016 23 2 1 0 - - 24 2
2017 25 0 0 0 - - 25 0
2018 21 6 0 0 - - 21 6
2019 12 0 0 0 - - 12 0
2020 15 1 4 0 - - 19 1
Jami 133 9 5 0 5 0 0 0 143 9
Karyerada jami 181 10 6 0 5 0 0 0 192 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2-1 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (5-iyul 2008-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  2. „深足二少终有下落 僵持之后已丧失主动权“. espnstar.com.cn (6-aprel 2009-yil). 19-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  3. „高翔梅开二度张远巧射锁胜局 成都3-0南京大胜开局“. sports.sina.com.cn (4-aprel 2010-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  4. „China 2011“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  5. „MATCH SUMMARY: LEBANON 1-3 CHINA P.R.“. the-afc.com (3-noyabr 2008-yil). 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  6. „China PR 0-2 Iran“. teamchina.freehostia.com (19-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  7. „中国杯-蔡慧康尹鸿博错失良机 国足0-2不敌冰岛“ (xitoycha). Sina (10-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.