Howard Carter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Howard Carter (talaffuzi: Hovard Karter) (1873.9.5, Sueffem, Norfolk — 1939.2.3, London) — ingliz arxeologi. 1891-yildan Misrda arxeologik qazishma ishlari olib borgan (Tel-Amarna va boshqa joylarda). 1902-yildan Podshohlar vodiysida qazishmalar oʻtkazgan; 1922-yil XVIII sulolaga mansub firʼavn Tutanxamon (miloddan avvalgi 15-asr) maqbarasini ochgan, undan fan uchun nihoyatda qimmatli xazinalar — sanʼat yodgorliklari topilgan. Carterning „Tutanhamon maqbarasi“ asari (Moskva, 1959) rus tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil