Hovli toʻyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hovli toʻyi — xonadonning yangi turar joyga koʻchib oʻtishini nishonlash marosimi. Qadimiy anʼanalardan hisoblangan. Hovli toʻyi oilaning uyli-joyli boʻlishi, yangi qoʻni-qoʻshnilar bilan yaqindan tanishish sharafiga tashkil qilinadi. Hovli toʻyiga qarindoshlar, doʻstlar va mahalla ahli (baʼzan imorat qurgan ustalar ham) taklif etiladi. Mehmonlarga ziyofat beriladi.