Homuza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Homuza, esnash — reflektor akt; organizm toliqqanda, yurak-tomir sistemasi faoliyati yomonlashganda, jismoniy harakat qilinmaganda, dim, koʻp tamaki chekilgan xonalarda boʻlganda va mudroq bosganda roʻy beradi. H. ogʻiz, tomoq, ovoz yoʻli keng ochilgan holda chuqur va uzoq nafas olish hamda nisbatan tez nafas chiqarish va oʻziga xos tovush bilan ifodalanadi. Esnayotgan kishiga taqlid qilinganda ujuda oson sodir boʻladi. H.ning muayyan kasalliklarni aniqlashda klinik ahamiyati katta emas. Uzoq davom etadigan H. miyada kislorod yetishmasligi va tibbiy yordam koʻrsatilishini talab qiluvchi baʼzi kasalliklar bel-gisi boʻlishi ham mumkin.