Homila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Homila — ona qornida 2-oyning oxiridan (9-hafta) boshlab tugʻilish vaqtigacha (40-hafta) rivojlanayotgan pusht (embrion). 9-haftada H. inson qiyofasiga kiradi (bu davrda H.ning boshi, koʻzi, burni, ogʻzi, tanasi, qoʻloyoqlari aniq boʻladi). Bir aku-sher oyi (28-kun)da homila tuxumidan pusht va uning pardasi rivojlanib, H. shakllana boshlaydi. 2-oyning oxirida H. boʻyi 3,5 sm, vazni 4 g; 3-oyning soʻngida H. boʻyi 8—9 sm, vazni 40 g cha boʻlib, boshi kattalashadi, jinsi shakllanadi, qoʻl-oyoq harakatlari sust boʻladi. 4-oy oxiriga kelib H. boʻyi 16 sm, vazni 120 g ga yetadi, qoʻl-oyoq harakatlari faollashadi (lekin hali onaga sezilmaydi), jinsi aniqlashadi. H. 5 oylik boʻlga-nida boʻyi 24—26 sm, vazni 280—300 g, terisi nozik, qip-qizil badani mayin tuklar bilan qoplanadi; hara-katlari onaga sezila boshlaydi. Ona qorniga quloq tutilganda H. yuragi urayotgani bilinadi. 6-oyning oxirida H. serharakat boʻlib, boʻyi 30 sm, vazni 600—700 g ga yetadi. 7-oyning soʻngida H. boʻyi 35 sm, vazni 1000— 1200 g ga yetadi (rasm); bu davrda H. tirik tugʻilishi mumkin, lekin chala hisoblanadi, biroq maxsus parvarish qilinsa, yashab ketadi (qarang Chsish tugʻilgan bola); 8 oylikda H.ning boʻyi 40 sm, vazni 1500—1600 g cha keladi. 9-oyning oxirida H. boʻyi 45 sm, vazni 2400—2500 g ga yetadi, teri osti yogʻ qavati qalinlashadi, badanidagi tuklar kamayadi, terisi silliqlashib, pushti rangga kiradi, sochlari uzayadi. 10-oy oxirida (9 kalendar oyiga toʻgʻri keladi) H. yetilib tugʻiladi; boʻyi 50 sm, vazni 3200—3500 g boʻladi. H. taraqqiyotining oʻziga xosligi uning ona qornida boʻlishi bilan ifo-dalanadi; unda bosh miya poʻstlogʻi toʻla-toʻkis taraqqiy etmagan boʻlib, asosiy hayotiy funkiiyalar (oziqlanish, nafas olish, ajratish) pla-senta bilan uzviy bogʻlangan orqa miya orqali boshqariladi; platsenta H. bilan kindik orqali bogʻlanadi. H. ona organizmidan oʻzining oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (oqsil, yogʻ, uglevodlar), tuz, suv, vitaminlar, shuningdek, kislorodni qon tomirlar orqali olib, moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni chiqaradi va h.k. Shuning uchun ayrim kasalliklar (yurak poroklari, gipertoniya, qandli diabet, infeksion kasalliklar), notoʻgʻri ovqatlanish, rejim buzilishi, atrof-muhitdagi zararli omillar (ishlab chiqarishdagi zaharli moddalar, vibratsiya, nurlanish), ich-kilik ichish, chekish va boshqa natijasida platsenta funksiyasining buzilishi H.ning oʻsishiga, ayniqsa, homila-dorlikning dastlabki 3-oyida, homila aʼzolarining taraqqiyot davrida yomon taʼsir koʻrsatadi. Bu davrda H.ning oʻsishida qator oʻzgarish va nuqsonlar paydo boʻlishi, jumladan, H. toʻla yetilmasligi, u majruh boʻli-shi, oʻlik tugʻilishi yoki oʻz-oʻzidan tushishi, shuningdek, asfiksiya, kalla suyagining shikastlanib tugʻilish hollari uchrashi mumkin. Homiladorlikning 4-oyidan H.ning turli taʼsirotlarga nisbatan sezgirligi bir qadar pasayadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish — ovqatlanish, mehnat qilish va dam olishni toʻgʻri uyushtirish H.ning normal oʻsishini taʼminlaydi, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxushliklarni (oʻlik tugʻish, chilla davrida oʻlish va h.k.) oldini oladi.