Holvaytar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Holvaytar — shirinlik turi. H. uchun qozonda yogʻ yaxshilab dogʻlanadi va bir oz sovutilgach, un solib aralashtiriladi. Soʻng qozonni olovga qoʻyib, un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi. Boshqa bir idishda qay-natilgan suvda shakardan sharbat tay-yorlanadi. Tayyorlangan sharbat qozondagi qizartirib qovurilgan un ustiga quyiladi. Aralashma qaynagach, olo-vi pasaytirilib, 20—25 min. davomida kovlab-kovlab pishiriladi. H. toʻq qizil tusga kirgach, qozon olovdan olinadi. Tayyor H. likopchalarga suziladi va sovigandan soʻng dasturxonga non bilan tortiladi. H.ning gaʼmini yaxshilash uchun shakar yoki qandni eritayotganda ozroq vanilin qoʻshish mumkin. H., asosan motam va diniy marosimlarda, shuningdek, ayrim oilalarda "arvohlar yoʻqlanadigan" payshanba kunlari tayyorlanadi.