Hojimurod Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hojimurod Isroilovich Ibrohimov (1935.9.4, Toshkent) — kinorejissyor Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). "Oʻzbektelefilm" tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor yordamchisi, rejissyor (1957—64), bosh rejissyor (1974—79). 1979 yildan Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Eng yaxshi filmlari: "Jamila", "Yodgor", "Hyp qidirib" (ham spektakl, ham film rejissyor), "Tugʻilish" (3 qismli telepostanovka) va boshqalar Shuningdek, "Oybek", "Choʻl, qoʻlingni ber!", "Toshkent, 26 aprel 1966 yil", "Kuyla, Sanobar", "Yagona oilada", "Inson uchun", "Davr mening taqdirimda" (D. Salimov bilan hamkorlikda), "Mening Oʻzbekistonim" kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1976).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil