Hoji Suyar Nursaidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hoji Suyar Nursaidov— 1870-yili tug‘ilgan, Qoradaryo rayoni Berdiqo‘rg‘on qishloq soveti Payshanba qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq amirlik davrida “Muxarame” mansabida bo‘lgan, hibsga olingunga qadar imom bo‘lgan. Qoradaryo rayonida mavjud bo‘lgan isyonchi, millatchi ruhoniylar guruhining rahbari va tashkilotchisi bo‘lib millatchi, troskiychilar bilan bevosita aloqada bo‘lib, uning vakili Haydarov orqali doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik, ig‘vogarlik targ‘ibotini olib borganlikda, kapitalistik mamlakatlar bilan bo‘ladigan urushda sovet hokimiyatining halokatga uchrashi muqarrarligi to‘g‘risida tashviqot qilganlikda, musulmon ruhoniy guruhlar bilan aloqada bo‘lib isyonchilik harakati qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 139 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.