Hoji Shamayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamayev Hoji Yunusovich1890-yili tug‘ilgan, Boshqirdiston ASSR Starmetanax shahridan, sobiq savdogar, diniy xizmatchi-domla, imom. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borib 1 mayga bir necha kun qolganida to‘planganlar orasida “men 1 may bayrami kunini va sovet hokimiyatini ko‘rishni xohlamayman va sovet hokimiyati yaqin orada ag‘darib tashlanadi, o‘shanda chindan ham erkin hayot bo‘ladi” deb kolxozchilarni musulmon dinini mustahkamlashga chaqirib, tez orada musulmon davlati yaratiladi deganlikda, shaharlarga borib ruhoniylar orasida aloqa o‘rnatganlikda, Ufadan Toshkentdagi va Behbudiydagi ruhoniylar aksilinqilobiy guruhi uchun direktiv xat kiritganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 93 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.