Hoji Muin Shukrullo oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hoji muin Shukrullo oʻgʻli (1883.15.3, Samarqand - 1942.27.7, Rossiya, Perm viloyati Solikamsk shahri) — maʼrifatparvar, shoir. 1901 yilda haj safaridan qaytgach, maktab ochib, bolalarni oʻqitgan. Avval eski usulda, 1903—16 yillar yangi usulda muallimlik qilgan. Ilgor jadid muallimi sifatida tanilgan. "Rahna-moi savod" alifbe darsligini yozgan (1908). "Samarqand" gaz. va "Oyna" jur.ida ishlagan (1913—15). Rossiyada mardikorlikda boʻlgan (1916—17). samarqandga qaytgach, "Hurriyat" (1917— 18), "Mehnatkashlar oʻqi", "Mehnat-kashlar tovushi" (1918—22), "Zaraf-shon" (1922 — 26), "Ovozi tojik" (1926-29) gaz.lari, "Tayoq" (1919), "Mashrab" (1922—26), "Mushfiqiy" (1926—29) jur.larida ishlagan. 1929 yilning 29 sentabrdan 3 yil Sibirda surgunda boʻlgan. Surgundan qaytgach, Oʻzbekiston davlat nashriyotining tojik boʻlimida adabiy xodim (1932— 34), "Qizil Yulduz" gaz. muxbiri (1934-37). 1938 yil 24 yanvarda nohaq hibsga olinib, NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan 10 yilga qamalgan. Hukmni oʻtash chogʻida halok boʻlgan.

H.M.ning ijodi 1900 yillardan sheʼrlar yozish bilan boshlangan. "Na-hif" (Ojiz), "Mehriy" taxalluslari bilan anʼanaviy mavzularda sheʼrlar yozgan. 1908 yilda ijodiy qarashlarida keskin burilish boʻlib, M.Beh-budiy taʼsirida maʼrifatparvarlik ruhida sheʼrlar va publitsistik maqolalar yoza boshlagan. "Guddastai adabiyot" (1914), "Yangi adabiyot" (1915) sheʼriy toʻplamlarini chop ettirgan. Fitratning "Munozara" asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1913). turkiston matbuotida publitsistik maqolalari bilan faol qatnashgan. 1914 yilda Nusratullo Qudratullo oʻgʻli bilan "Toʻy" pyesasini yozgan va chop ettirgan. "Toʻy" M.Behbudiyning "Padarkush"idan keyin sahnalashtirilgan 2-oʻzbek pyesasidir. "Eski maktab — yangi maktab", "Koʻknori", "Mazluma xotin" pyesalarini yozib, ularni alohida kitob holida chop ettirgan (1915).

As.; Tanlangan asarlar, T., 2005.

Adabiyot[tahrir]

  • Ziyo Said, Oʻzbek vaqtli matbuot tarixiga materiallar [Tanlangan asarlar|, T, 1974.

Rustam Tojiboyev.