Hofopaxoha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hofopaxoha (naqqoraxona) - oʻrta asrlarda hukmdor saroyida musiqa cholgʻu asboblari (nay, karnay, surnay, nogʻora va h.k.) saqlanadigan va shu as-boblar ijrochilariga moʻljallangan maxsus joy. Xorazmshohlar davrida N. oʻrnida talbxona istilohi qoʻllanishda boʻlgan.

Harbiy harakatlar chogʻida N. oliy bosh qoʻmondonning baland yerga oʻrnatilgan hirgohi oldidan joy olgan, jangchilarni ruhlantiruvchi kuylarni tinmay ijro etib turgan. N.dan eshitiluvchi musiqa ovozining tinishi muayyan darajada magʻlubiyatdan darak bergan.

Saroylarda N. darvoza ustidagi xonaga joylashgan. N.da mavjud cholgʻu asboblaridan saroyda oʻtadigan turli tantanalar, bayramlar, xalq tomoshalarida foydalanilgan. N.dagi cholgʻuchilarga mehtar boshchilik qilgan. Bu chol-gʻuchilar repertuarida xalq ogʻzaki ijo-di anʼanalaridagi professional musiqa asarlari, shuningdek, surnay, (nafir), nogʻora (naqora, koʻs, tabl, ko-vurga) va naylarda chalinadigan turfa janrlardagi ommabop kuylar alohida oʻrin egallagan. Hukmdor N. sozandalari xizmatidan teztez uyushtirilib tu-radigan ov (chorga) paytida ham foydalangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil