Hitlerning 1939-yil 6-oktabrdagi nutqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hitlerning 1939-yil 6-oktabrdagi Reyxstagdagi chiqishi

Hitlerning 1939-yil 6-oktyabrdagi nutqi — Adolf Hitlerning Polsha bosib olinganidan koʻp oʻtmay boʻlib oʻtgan Kroll operada Reyxstag minbarida soʻzlagan nutqi. Unda Gʻarb ittifoqiga oxirgi marotaba tinchlik taklifi eʼlon qilindi.

80 yoki 90 daqiqa davom etgan nutq Hitlerning ommaviy nutqlari ichida eng uzuni boʻlgan[1]. U vayron boʻlgan Varshava sayohatidan qaytgan zahoti qilingan va aslida Polshaga bostirib kirish natijasining boʻrtirilgan va yolgʻon hisoboti edi[2]. Unda Hitler, xususan, quyidagilarni taʼkidlagan:

Biz 36 million aholiga ega mamlakat, 50 ga yaqin piyoda va otliq diviziyadan iborat armiya bilan to'qnash keldik, ularning niyatlari uzoqqa koʻzlovchi va Germaniyani tor-mor etishga qodirliklariga boʻlgan ishonchlari chegara bilmas edi.

— A. Hitler[3], in

U shuningdek, faqatgina harbiy nishonlar bombardimon qilinganini va hatto Varshava komendantiga tinch aholini evakuatsiya qilish taklifi bilan murojaat qilganini, ammo hech qanday javob olmaganini daʼvo qildi[2].

Bundan tashqari, Reyxskansler oʻrta asrlardan boshlab „polyak xarakterida shafqatsizlik mavjudligi va axloqiy vazminlikning yoʻqligini“; polyaklarning Germaniyaga qilgan „uyatsiz haqoratlari“ga chidab boʻlmasligini; Polsha hukumati aholining atigi 15 foizi qoʻllab-quvvatlagani va Polsha „Gʻarb demokratiyasining uy kuchugi“ dan boshqa narsa emasligi takidlaydi. Keyin Hitler Germaniya (Sovetlar bilan birgalikda) „Markaziy Evropada qatʼiy tartib oʻrnatganidan“ keyin, nafaqat u yerda, balki „janub va sharqda“ ham „iqtisodni tiklash va qayta tashkil etish“ yoʻli bilan yanada uzoqqa borishi haqida tahdidli fikr bildiradi.

Ohangni keskin oʻzgartirgan holda, Hitler Fransiya va Britaniyaga zaytun novdasini taklif qildi. U urushni barcha ishtirokchilar magʻlub boʻlgan, millionlab odamlarning hayoti va milliardlab boyliklarini yoʻqotgan tashabbus sifatida qoraladi. Fransiya bilan urush haqida, agar shunday davom etsa, „bir kun kelib Germaniya va Fransiya oʻrtasida yana chegara paydo boʻladi, lekin gullab-yashnagan shaharlar oʻrniga xarobalar va cheksiz qabristonlar paydo boʻlishini“ taʼkidlab, yana bir bor Yevropa tinchlik konferensiyasini oʻtkazishni taklif qildi.

Mening asosiy saʼy-harakatlarim Fransiya bilan munosabatlarimizni har qanday yomon niyatlardan xalos etishga va ularni ikki xalq uchun maqbul qilishga qaratilgan... Germaniyaning Fransiyaga hech qanday daʼvosi yoʻq... Elzas va Lotaringiya muammosiga ham tegmayman. Men Fransiyaga bir necha bor eski adovatimizni abadiy koʻmib, har biri shunday shonli oʻtmishga ega boʻlgan bu ikki xalqni birlashtirishni istashimni aytdim... Men Angliya-Germaniya oʻzaro hamjihatligiga erishish uchun yetarlicha kuch sarfladim. Angliya-Germaniya doʻstligini oʻrnatish. Men hech qachon ingliz manfaatlariga zid ish qilmaganman... Bugun ham Germaniya va Angliya oʻzaro kelishuvga erishgan taqdirdagina Yevropada va butun dunyoda haqiqiy tinchlik ta’minlanishi mumkinligiga ishonaman.

Polsha eʼtiborga loyiq boʻlmagan oʻlik davlat sifatida tasvirlangan:

Bu urush Gʻarbga nima uchun kerak? Polshani tiklash uchunmi? Versal shartnomasi boʻyicha Polsha hech qachon qayta tugʻilmaydi... Polsha davlatini tiklash masalasi Gʻarbdagi urush orqali emas, balki faqat Rossiya va Germaniya tomonidan hal qilinadigan muammodir... Buning maʼnosi yoʻq. Tugʻilishidanoq kelib chiqishi polyak boʻlmagan har bir kishi tomonidan oʻlik tugʻilgan deb tan olingan davlatni qayta tiklash uchun millionlab odamlarni oʻldirish va millionlab mulkni yoʻq qilishdan nima naf.

Konferentsiyada Germaniyaning maqsadlaridan biri sifatida „yahudiy muammosini tartibga solish va hal qilishga erishishga urinish“ [1] deb eʼlon qilindi. Hitler nutqini oʻziga ishongan bayonot bilan yakunlandi: „Agar janob Cherchill va uning izdoshlarining qarashlari ustunlik qilsa, mening bu bayonotim oxirgisi boʻladi. Keyin kurashamiz… Ammo Germaniya tarixida yangi 1918-yil noyabri boʻlmaydi“

Tashqi munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunga Gʻarb hech qanday munosabat bildirmadi. Ertasi kuni bu ishning natijasi tinchlik bilan hal boʻlishiga umumiy ishonchsizlikni namoyon qilgan holda Nyu-York fond birjasi bir necha punktga tushib ketdi. Berlinda boʻlgan muxbir Uilyam Shirer Hitlerni „beshinchi yoki oltinchi marta chalinayotgan eski grammofon plastinkasiga oʻxshab“[1]. nosamimiy deb atadi.

Fransiya Bosh vaziri Eduard Daladier Fransiya tinchlik shartnomasini „haqiqiy tinchlik va umumiy xavfsizlik“ kafolatlarini oʻz ichiga olmasa, muhokama qilmasligini eʼlon qildi[1]. 10-oktabr kuni u oʻta dushmanona va jangovar radio murojaati bilan chiqish qilib, u yerda nemislarning samimiyligiga ishonmasligini bildirdi va fransuzlarning Germaniya hududiga yurish qilishi haqida gapirdi:

Avstriyadan keyin navbat Chexoslovakiyaga, Chexoslovakiyadan keyin esa Polshaga keldi. Bularning barchasi Fransiya va Yevropani eng ogʻir darajadago qullikka olib boradigan yoʻldagi qadamlardir. Men sizga bugun tinchlik haqida, Germaniya aytayotgan tinchlik haqida bilaman, bu faqat yolgʻon yoki zoʻravonlik orqali erishilgan yutuqlarni «muqaddas» sanash va yangi "bosib olishlar"ga tayyorgarlik koʻrishga xalaqit bermaydi.

— Bosh vazir E. Daladierning 1939-yil 10-oktyabrdagi nutqi, in

12-oktabr kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Nevill Chemberlen, Jamoatlar palatasiga qilgan murojaatida, Hitlerning takliflari mujmal va noaniq ekanligini va Hitler Chexoslovakiya va Polshaga qilgan yovuzliklarini yoʻq qilish haqida hech narsa aytmaganini taʼkidlab: "endi vaʼdalarga ishonib boʻlmaydi va tinchlik „soʻzda emas, amalda boʻlishi kerak“" dedi u[1].

Germaniyaning 13-oktyabrdagi rasmiy javobida aytilishicha, Chemberlen tinchlik taklifini rad etib, ataylab urushni tanlagan. Hitler oxirgi marta 1940-yil 19-iyulda Fransiya taslim boʻlganidan soʻng soʻzlagan nutqida Gʻarb kuchlariga — bir oʻzi qolgan Angliyaga tinchlik taklif qilgan[1][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 [militera.lib.ru/research/shirer/02.html „ВОЕННАЯ ЛИТЕРАТУРА --[ Исследования ]-- Ширер У. Крах нацистской империи“]. militera.lib.ru. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.
  2. 2,0 2,1 „INTERNATIONAL: Last Statement“ (en). Time (1939-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  3. „Hitler Reden Und Proklamationen 1932 1945 Vol 1 4 (komplett)“ (de). Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
  4. „Hitler Reden Und Proklamationen 1932 1945 Vol 1 4 (komplett)“ (de). Qaraldi: 2022-yil 1-may.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]