Hisori qoʻy zoti
Hisori qoʻy zoti - goʻsht-yogʻ yoʻnalishdagi dumbali, dagʻal junli qoʻy zoti. Tojikistonning Hisor tog'i etaklarida xalq seleksiyasi yoʻli bilan chiqarilgan qadimgi qoʻy zotlaridan biri. Hisori qoʻy zoti tanasining uzunligi va kengligi, yirik dumbasi, togʻ sharoitiga va yaylovdan-yaylovga koʻchishga moslashganligi, tez yetilishi, keng koʻkrak qafasi, baquvvat oyoqlari bilan boshqa dumbali qoʻylardan anchagina farqlanadi. Qoʻchqor va sovliqlari (ayol qo'y) toʻqol(shoxsiz). Tusi(rangi) malla, qoʻngʻir, qora, kamdan-kam oq. Qoʻchqorlarining qarchigʻay balandligi oʻrtacha 87 sm, uzunligi 85 sm, sovliqlariniki esa balandligi 79 sm va uzunligi 75 sm. Qoʻchqorlarining tirik vazni 110–120kg (160–180kg)gacha, sovliklariniki 80–90kg (110– 115kg)gacha, dumbasi oʻrtacha 15–20kg (30kg gacha), 4,5—5 oylik erkak qoʻzilarning tirik vazni 50–54kg, serpushtligi 110—120%. Hisor qoʻy zoti sersut qoʻylar hisoblanadi va sovliq suti qoʻzilarini parvarishlashga sarflanadi. Ammo lekin Jun sifati past. Qoʻchqorlaridan 1,3—1,5kg, sovliqlaridan 1 — 1,2kg jun qirqib olinadi. Juni faqat namat (kigiz) tayyorlashda ishlatiladi. Sof holda Tojikiston va Oʻzbekiston ("Boysun" va "Hisor" naslchilik shirkat xoʻjaliklari)da koʻpaytiriladi. Yil boʻyi yaylovda boqiladi.
Hisori qoʻylardan boshqa dumbali qoʻylarning zot xususiyatlarini yaxshilashda, yangi zotlar chiqarishda foydalaniladi. Hisori qoʻy zoti ishtirokida Tojikiston qoʻy zoti chiqarilgan.
Ad.:Flrs nxa i on S.I., Gissarskaya ioroda ovets, Dushanbe, 1981.
Abdusattor Amirov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |