Hisori qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hisori qoʻy zoti - goʻsht-yogʻ yoʻnalipshdagi dumbali, dagʻal junli qoʻy zoti. Tojikistonning Hisor togi etaklarida xalq seleksiyasi yoʻli bilan chiqarilgan qad. qoʻy zotlaridan biri. Hisori qoʻy zotiz. tanasining uz. va kengligi, yirik dumbasi, togʻ sharoitiga va yaylovdan-yaylovga koʻchishga moslashganligi, tez yetilishi, keng koʻkrak qafasi, baquvvat oyoqlari bilan boshqa dumbali qoʻylardan farq qiladi. Qoʻchqor va sovliqlari toʻqol. Tusi malla, qoʻngʻir, qora, kamdan-kam oq. Qoʻchqorlarining qarchigʻay balandligi oʻrtacha 87 sm, uz. 85 sm, sovliqlariniki 79 va 75 sm. Qoʻchqorlarining tirik vazni 110–120 kg (160–180 kg), sovliklariniki 80–90 kg (110– 115 kg)gacha, dumbasi oʻrtacha 15–20 kg (30 kg gacha), 4,5—5 oylik erkak qoʻzilarning tirik vazni 50–54 kg , serpushtligi 110—120%. Hisori qoʻy zotiz. sersut qoʻylar hisoblanadi va sovliq suti qoʻzilarini parvarishlashga sarflanadi. Jun sifati past. Qoʻchqorlaridan 1,3—1,5 kg , sovliqlaridan 1 — 1,2 kg jun qirqib olinadi. Juni faqat namat (kigiz) tayyorlashda ishlatiladi. Sof holda Tojikiston va Oʻzbekiston ("Boysun" va "Hisor" naslchilik shirkat xoʻjaliklari)da koʻpaytiriladi. Yil boʻyi yaylovda boqiladi.

Hisori qoʻylardan boshqa dumbali qoʻylarning zot xususiyatlarini yaxshilashda, yangi zotlar chiqarishda foydalaniladi. Hisori qoʻy zotiz. ishtirokida To.jikiston qoʻy zoti chiqarilgan.

Ad.:Flrs nxa i on S.I., Gissarskaya ioroda ovets, Dushanbe, 1981.

Abdusattor Amirov.