Hiromi Ikeda
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi |
Hiromi Ikeda 池田浩美 | ||
| Tavallud sanasi | 1975-yil 22-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Honjo,Saitama, Yaponiya | ||
| Boʻyi | 1.63 m (5 ft 4 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Honjo Daiichi High School | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1995–2008 | Tasaki Perule FC | 236 | (15) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1997–2008 | Yaponiya | 119 | (4) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Hiromi Ikeda (1975-yil 22-dekabrda tugʻilgan, sobiq ism-sharifi; Xiromi Isozaki yaponcha: 磯﨑 浩美) – yaponiyalik sobiq futbolchi. Yaponiya terma jamoasida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikeda 1975-yil 22-dekabrda Honjo shahrida tugʻilgan. 1995-yilda Tasaki Perule futbol klubiga qoʻshildi. Hiromi klubdagi dastlabki mavsmi, 1995-yilda Eng yaxshi yosh oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, 10 yil davomida (1999—2008) liganing eng yaxshi oʻn bir oʻyinchilaridan biri sifatida tanlangan. 2008-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan. 2008-yilgi mavsum oxirida futboldagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgan. U L.Ligada 236 ta oʻyinda maydonga tushgan. Yaponiyaning juda koʻplab OAV muhbirlari Ikedaning butsalarini „mixga ilishini“ keng matbuotda yoritishgan va bu Yaponiya ayollar futboli uchun katta yoʻqotish ekanligini taʼkidalab oʻtishgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil 8-iyunda Ikeda Yaponiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi debyut qilgan[1]. U 1999, 2003, 2007-yillardagi jahon chempionatlarida terma jamoa aʼzosi boʻlgan, shuningdek, 2004 va 2008-yillardagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Hiromi 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida sardor sifatida oʻynagan, chunki jamoaning asosiy sardori Yumi Obe zaxirada qoldirilgan edi. Ikeda Olimpiya oʻyinlari davomida haqiqiy yetakchi ekanligi isbotlagan. 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin u 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarigacha terma jamoa sardor boʻlgan. 2008-yilgacha Yaponiya terma jamoasi safida 119 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol muallifi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikeda 2007-yilda turmushga chiqqanidan soʻng oʻz ism-sharifini Hiromi Isodzaki (yaponcha: 磯﨑 浩美) dan Hiromi Ikeda (yaponcha: 池田 浩美) ga oʻzartirgan.
Milliy terma jamoadagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yaponiya | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 1997 | 6 | 0 |
| 1998 | 9 | 0 |
| 1999 | 8 | 0 |
| 2000 | 5 | 0 |
| 2001 | 10 | 3 |
| 2002 | 6 | 0 |
| 2003 | 11 | 1 |
| 2004 | 10 | 0 |
| 2005 | 9 | 0 |
| 2006 | 17 | 0 |
| 2007 | 16 | 0 |
| 2008 | 12 | 0 |
| Umumiy | 119 | 4 |
Terma jamoadagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Turnir |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 4. | 2003-yil 13-Iyun | Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand | 5–0 | 7–0 | 2003 AFC Ayollar oʻrtasidagi chempionat |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasaki Perula
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2003-yil Futbol boʻyicha yaponiya chempionatida gʻoliblikni jamoasi bilan qoʻlga kiritgan
- Ayollar oʻrtasida futbol boʻyicha Yaponiya Imperator kubogi sovrindori: (1999, 2002, 2003, 2006)
Terma jamoa tarkibida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1995-yilda L Liganing Eng yaxshi yosh oʻyinchisi nominatsiyasi gʻolibasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hiromi Ikeda – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Hiromi Ikeda[sayt ishlamaydi] – FIFA competition record
- Hiromi Ikeda Soccerway saytida
- Hiromi Ikeda WorldFootball.net saytida
- Hiromi Ikeda Olimpiada Sports-Reference.com saytida saytida (arxivlangan)

- 22-dekabrda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Sports-Reference template missing archive parameter
- Yashayotgan insonlar
- Yaponiyalik ayol futbolchilar
- Ayollar futboli himoyachilari
- Tasaki Perule FC futbolchilari
- 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar
- 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari