Hindiston milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hindiston milliy fanlar akademiyasi — Hindistondagi jamoat ilmiy muassasasi. 1970 yil Hindiston Fanlar milliy instituti (1935 yil tuzilgan) negizida tashkil etilgan. Dehli shahrida joylashgan. Mamlakatdagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Akademiya oʻz tadqiqot markazlariga ega emas. Ilmiy asar va monografiyalar eʼlon qiladi. Byulleten, yilnomalar, Hindistonda fan tarixi, fundamental va amaliy mat. boʻyicha.jur.lar nashr etadi. 650 dan ortiq aʼzosi, 80 faxriy aʼzosi bor.