Hind-malay zoogeografiya oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hind-malay zoogeografiya oblasti, Sharqiy oblast -quruqlik zoogeografiya oblasti, Osiyoning janubiy qismi, Osiyo bilan Avstraliya oraligʻidagi koʻpchilik orollarni oʻz ichiga oladi. Koʻp qismi tropik oʻrmon, shimoliy qismi togʻlik, faqat kichik bir qismi choʻl va savannalardan iborat. Faunasi nisbatan qad., asosan, daraxtlarda yashovchi hayvonlardan iborat. Hayvonot dunyosi xil-ma-xil boʻlishiga qaramasdan, yirik sistematik guruhga mansub endemiklar kam. Sutemizuvchilarning 4 oilasi: uzuntovonlilar, junqanotlilar, tupayyalar va gibbonlar endemik. Oʻziga xos hasharotxoʻrlar (mas, tipratikan), bir necha tur yirtqichlar: mushuklar, veverralar, ayiqlar; tuyoqlilar: tapirlar, karkidonlar (3 tur), bugular, buyvollar (hind va karlik buyvol, gaur, banteng , kulrang hoʻkiz), anti-lopalar (nilgau, 4 shoxli va burama shox antilopa), fil, maymunlarning bir necha turi (jumladan, orangutan) bor. Koʻrshapalaklar va kemiruvchilar ayniqsa xilma-xil. Koʻrshapalaklar orasida oʻsimlikxoʻrlari (uchar itlar) ham keng tarqalgan. Ayrim daryolarda daryo delfinlari yashaydi.

Qushlar ayniqsa juda xilma-xil, endemik turlari kokilli uzunqanot-lilar, shoxtumshuqlilar oilalarida koʻp uchraydi. Sudralib yuruvchilardan gekkonlar, echkemarlar, agamalar, ssinklar, ilonlar, toshbaqalar (jum-ladan, katta boshli toshbaqa), timsohlarning bir necha turi (jumladan, gaviallar, alligator) keng tarqalgan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar turlari koʻp emas; dumlilar uchramaydi; dumsizlardan qurbaqalar (jumladan, uchar baqa, qurilloq baqalar) yashaydi. Baliqlar faunasi ham xil-maxil: karpsimonlar, laqqaning bir necha turi koʻp uchraydi; yirik daryolarda akulalar boʻladi.

H.-m.z.o. faunasi tarixan efiopiya zoogeografiya oblasti faunasiga yaqin. Karkidonlar, fillar, torburunli va odamsimon maymunlar, kaltakesaklar, ayrim lemurlar, tuyokdilarning ayrim urugʻlari (mas, bugʻuchalar, buyvollar), tovuslar, uzun burun qushlar, sudralib yuruvchilardan xameleonlar, echke-marlar va agamalar har ikki oblastda ham uchraydi. Hind-malay zoogeografiya oblastiz.o.ning turli qismida hayvonot dunyosi keskin farq qiladi. Bu hol oblast hududining asosiy qismi orollardan iboratligi tufayli hayvonlar arealining ajralib qolganligi bilan bogliq. H.-m.z.o. Hin-diston-Hindixitoy va Malay kichik oblastlariga boʻlinadi.

H.-m.z.o. hududida qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlgan mamlakatlar joylashgan. Bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi hayvonlarining bir qancha turlari: buyvol, gaur, banteng , choʻchqa, tovuq, tovus, hindiston arisi xonakilashtirilgan.