Himolay tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Himolay tillari — Nepalda va Hindistonning unga qoʻshni hududlarida tarqalgan, yagona guruh boʻlib tashkil topmagan bir qancha tillarning umumlashma nomi. Himolay tillarida 3,4 mln.dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Nepalning janubi-gʻarbidagi deyarli oʻlik tilga aylangan kusunda tilining biror til oilasiga qarindoshligi aniqlanmagan, qolgan. Himolay tillari esa xitoy-tibet tillari oilasining tibet-birma tarmogʻiga mansub (qarang Xi-toy-tibet tillari. Tibet-birma tillari).

Himolay tillari gʻarbiy himolay va sharqiy himolay guruhlariga ajraladi. Hindistonda, Nepal chegarasidan gʻarbroqda, 60 mingdan ortiqroq kishi gʻarbiy himolay guruhiga kiruvchi kana-uri, kanashi, lahoʻli, manchati, bunan, rangkas tillarida soʻzlashadi.

Qad. tibet diniy kitobi yozilgan (oʻlik) jang-jung tilining ham shu guruhga kirishi taxmin qilinadi. Nepalning gʻarbiy qismida magar V* (300 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi), che-pang (15 ming kishi) va kham (45 ming kishi) tillari alohida guruhchani, Nepalning markaziy qismidagi gu-rung (500 mingga yaqin kishi) va tamang (570 mingga yaqin kishi) tillari tibet guruhidagi ayrim gu-ruhchani tashkil etadi. Katmandudan jan.roqda Nepalda oʻz yozuvi va adabiyotiga ega boʻlgan Himolay tillaridan nevar tili (1 mln.ga yaqin kishi) tarqalgan.

Nepal sharqidagi koʻplab tillarda 800 mingga yaqin kishi soʻzlashadi va bu tillar sharqiy himolay guruhini tashkil etadi. Bu guruh, oʻz navbati-da, bir-biridan jiddiy farq qiluvchi 2 guruhchaga ajraladi: ularning birida limbu (260 ming kishi), yakho, khambu tillari, ikkinchisida esa sunvar (25—27 ming kishi), baxing, rai tillari kengroq qoʻllanadi. Hin-distonning Sekkim shtatida rong (lepcha) tili (35—40 ming kishi) asosiy til hisoblanib, u 17-asr oxi-rida yaratilgan oʻziga xos yozuvga ega. Yanada jan.roqda dhimal tili tarqalgan.

Aksariyat Himolay tillarining asosiy tipologik belgilaridan biri — kuchsiz ol-moshlik belgisiga ega boʻlgan suffikslarning, baʼzan prefikslarning feʼlga qoʻshilib kelib, harakat subʼyektining shaxsi va sonini ifo-dalashidir. Affikslar nafaqat subʼyektni, balki obʼyektni ham koʻrsa-tishi mumkin. Bu tillarda, shuningdek, ot turkumidagi soʻzlar jonli va jonsizlikni bildiruvchi shakllar bilan farqlanadi. Himolay tillarining munda tillariga aloqadorligi bor, degan taxminlar uchraydi.