Zamira Hidoyatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hidoyatova Zamiradan yoʻnaltirildi)

Zamira Hidoyatova (1909.5.1 – Toshkent – 1998.28.2) – Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Moskva oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1924—27). 1927-yildan ishchi-sayyor turppasi, 1932-yildan Hamza nomidagi teatrda ishlagan. Obrazlari serqirraligi, yorqinligi, tuygʻular va ichki kechinmalarning kuchli talqini, haqqoniyligi va xalq-chilligi bilan ajralib turadi. Yorqinoy (Choʻlpon, „Yorqinoy“), Ortiqova (Z.Fatxullin, „Niqob yirtildi“), Milfordxonim (F.Shiller, „Makr va muhabbat“), Melanya (M.Gorkiy, „Yegor Bulichyov va boshqalar“), Kabanixa (Aleksandr Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Gulsum (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Hamrobibi (A.Qahhor, „Shohi soʻza-na“), Hoji ona (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Xadicha (Uygʻun, „Navbahor“), Xosiyat (K.Yashin, A.Umariy, „Hamza“), Risolat (I.Sulton, „Imon“) kabi turfa rollari bilan oʻzbek teatri sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Shuningdek, H. televizion spektakllar („Gʻalati odamlar“da Zebi xola, „Tarixdan bir mezon“da A. Qodiriyning onasi, „Yodgor“da ona va boshqalar) hamda kinoda („Asal“, „Shohi soʻzana“, „Oʻn uch terak koʻchasi“, „Koniyut gʻorining siri“, „Boy ila xizmatchi“, „Paxta shumgʻiyalari“ va boshqalar) ham obrazlar yaratgan. Radiopostanovkalar, dublyajning eng faol ishtirokchilaridan boʻlgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1979). „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (1994).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]