Kontent qismiga oʻtish

Hidirellez bayrami

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xidirellez bayrami

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xidirellez yoki Xidrellez Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Anadolu va Bolqonda nishonlanadigan mavsumiy bayramlardan biridir. Ruz-i Xizir (Xizir kuni) deb atalgan Xidirellez kuni, musibatga uchraganlarning yordamchisi deb hisoblangan Xizir va dengizlar hukmdoriligiga ishonilgan Ilyosning yer yuzida uchrashgan kuni sifatida bayram qilib nishonlanadi.Grigoriy taqvimi (Milodiy taqvimi) boʻyicha 6-may, oʻtmishda qoʻllangan Rumiy taqvimi deb ham ataladigan Julian taqvimiga koʻra, 23-aprel Xidirellez kunidir.6-maydan 7-noyabrgacha boʻlgan davr Xizr kunlari sifatida yoz faslini, 8-noyabrdan 5-maygacha boʻlgan davr esa noyabr kunlari sifatida qish mavsumini tashkil qiladi.Demak, 5-mayga o‘tar kechasi qish fasli tugab, issiq yoz kunlari boshlanadi.Turkiyada Xidrellez kuni 5-maydan 6-mayga oʻtar kechasi nishonlanadi.Buni nasroniylar bahorning birinchi kuni va tabiatning uyg'onishi deb hisoblashadi. Yunon pravoslavlari bu kunni" Aya Yorgi", katoliklar esa “Avliyo Jorj” deb nishonlaydilar.2010-yilda Xidirellezni YUNESCOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” roʻyxatiga kiritish ishlari boshlandi.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xidrellezning kelib chiqishi haqida turli fikrlar ilgari surilgan. Ulardan ba'zilari Xidrellezning O'rta Osiyo, Yaqin Sharq va Anadolu madaniyatiga tegishli ekanligini, boshqalar esa uni islomgacha boʻlgan Oʻrta Osiyo turk madaniyati vatiq eʼtiqodiga mansub bo'lganligini ta'kidlaydi. Qadimgi turklar bahor kelishini 21 iyun kuni nishonlagan. Hozirgi kunda Anadoluda daraxtga tilak osish, olovdan sakrash kabi qadimgi turkiy marosimlar davom etmoqda. Biroq, Xidirellezni yagona madaniyatga bog'lash mumkin emas.Qadim zamonlardan beri Mesopotamiya, Anadolu, Eron, Usmonlilar imperiyasi davridan beri, Bolqon va hatto Sharqda,Oqdengiz bo'yidagi barcha mamlakatlarda bahor yoki yozning kelishi bilan bog'liq bayramlar o'tkazilib kelinmoqda.Ba'zi yozma asarlar shuni ko'rsatadiki, bu turdagi eng qadimgi marosimlar Mesopotamiyaning Ur shahrida miloddan oldin o'tkazilgan. Qishning oxirida "Tammuz" nomi bilan nishonlanadigan bu marosimlar Mesopotamiya yerlarini sug'oradigan Furot va Dajla daryolarining rag'batlantiruvchi kuchini ifodalaydi.

Xizrga e'tiqod.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xizrni hayot suvini ichib o‘lmaslikka erishgan avliyo yoki ayniqsa bahorda odamlar orasida sayohat qiladigan, to'kinlik va salomatlik tarqatadigan, qiyinchilikka duchor bo'lganlarga yordam beradigan payg'ambar ekanligiga ishonishadi. Uning shaxsi aniq ma’lum bo‘lmasa-da, xalq orasida va islom mifologiyasida Xizr an’anasi mavjud. Xizir ism emas, taxallus degan umumiy qabul qilingan fikr bor. Biroq uning nomi va nasl-nasabi haqida turli manbalarda turli fikrlar bildirilgan. Ba'zilar Xizr payg'ambar bilan Ilyosni bir shaxs deb da'vo qilishadi.Xalqning Xizrga ishonishi va e’tiqodining sababi uning abadiy ekanligi, tabiatni bahorda uyg‘otishidir. Anadoludan tashqari Kavkaz, Frakya, Qrim, Ozarbayjon va Suriyaning ko'plab joylarida unga e'tiqod qiluvchilar bor. Demak, u islom olamining deyarli hamma joyida borligiga ishoniladigan ramz, lekin u aniq bir shaxs emas. Xizr tabiiy holatni, bahor bilan tanaga keladigan hayotning yangilanishini anglatadi.Xalq orasida Xizir ega bo'lgan deb hisoblangan xislatlar tabiatdagi tirilish, uyg'onish va hayotbaxshlikning insonlarga shifo, salomatlik va omad keltiruvchi aksi sifatida namoyon bo'ladi.