Henry Longfellow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Henry Wadsworth Longfellow (1807.17.2, Portlend, Men shtati — 1882.24.3, Kembrij, Massachusets shtati) — amerikalik shoir, tarjimon. Advokat oilasida tugʻilgan. 1836—54 yillarda Garvard universitetining Yevropa adabiyotlari va tillari boʻyicha prof. "Qullik haqida qoʻshiqlar" (1842) qoratanlilarni qulliqdan ozod qilish harakati taʼsiri ostida yaratilgan. "Koʻchmanchi qushlar" toʻplamida (1858) erksizlikni qoralab, ozodlikni madh etgan. Milliy boʻyoklarga boy "Evanjelina" (1847), "Maylz Stendishning unashtirilishi" (1858) kabi epik dostonlar muallifi. L. ijodida indeyslarning mashhur afsonalari asosida yozilgan "Gayavati haqida qoʻshiq" dostoni (1855) mashhur (bu qahramonlik eposi oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan). 1863 yilda J. Bokkachcho va J. Choser uslublarida "Yoʻl boʻyidagi mehmonxona hikoyalari" toʻplamini yaratgan. L. Yevropa adabiyotlarining tarjimoni sifatida ham tanilgan. 1846 yilda "Yevropa shoirlari va sheʼriyati" toʻplamini nashr ettirdi. Bu toʻplamga amerikalik shoirlar, jumladan, L.ning oʻzi ham tarjima qilgan 400 dan ortiq asar kiritilgan. 1876— 79 yillarda 31 jilddan iborat "Turli oʻlkalarning sheʼrlari"ni nashr qildirdi. Ushbu toʻplamning 20-jildi chor Rossiyasi xalqlari adabiyotlariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil