Heather Doram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heather Doram
Tavalludi
Fuqaroligi Antigua
Kasbi Rassom, oʻqituvchi, faol, aktrisa

Heather Doram (talaffuzi: Xezer Doram) — antigualik rassom, aktyor, faol va oʻqituvchi, Antigua va Barbuda milliy liboslari dizayneri. 2002-yilda u hayoti davomida erishgan yutuqlari uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ oq xoch ordeni bilan taqdirlangan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heather Doram Antiguada tugʻilgan, uning onasi tikuvchi, otasi esa shakar sanoatida ishlagan. Doramning oilasi otasining kasbi tufayli bir qancha shakar zavodlarida yashagan[1][2]. U St Johnʼs shahridagi Antigua qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va keyinchalik Gʻarbiy Hindiston universitetining kichik pedagog darajasini olgan. U sobiq maktabida dars berish uchun qaytib kelgan va bir necha yil oʻtgach, Kingstondagi Edna Manley tasviriy va ijro sanʼati kollejida toʻqimachilik boʻyicha bakalavr darajasi uchun u yerga oʻqishga kirgan[3].

1994-yilda Doram Savannah Sanʼat va Dizayn kollejida (SCAD) magistr darajasida oʻqish imkonini beruvchi stipendiya olgan[4]. Antiguaga qaytib kelgach, u Taʼlim vazirligida ishlagan, ularga sanʼat boʻyicha oʻquv dasturlari borasida maslahatlar bergan va 2003-yilda Madaniyat direktori etib tayinlangan. Uning asarlari VC Bird xalqaro aeroportidagi devoriy rasmlar, kollajlar va toʻqilgan tasvirlarni oʻz ichiga oladi[5]. U turmush oʻrtogʻi Connie Doram bilan birgalikda karnaval liboslarini yaratgan va bu ishi uchun mukofotga sazovor boʻlgan. 2020-yilda Heather yangi uslublar (maskarad kostyumlari)ni kiritish va ularning ahamiyati tan olinishi uchun Antigua karnavali kostyumlarini baholash mezonlarini qayta koʻrib chiqishga chaqirgan[6].

Heather 2006-yilda nafaqaga chiqqan[7].

Rassom va pedagog sifatidagi faoliyatidan tashqari, Doram 1990-yillarda boshlangan muvaffaqiyatli aktyorlik faoliyatiga ham ega. U kino, televideniye va sahna rollarida paydo boʻlgan, jumladan: „The Vagina Monologues“, „The Sweetest Mango va Zahra Airall tomonidan yozilgan monolog.

Milliy libos[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Antigua va Barbuda milliy liboslarini loyihalash boʻyicha tanlov oʻtkazilgan va unda Doram gʻolib chiqqan[8][9]. Heather yaratgan libos 1834-yilda bozorda sotuvchi yoki novvoy boʻlib ishlovchi ayollar kiyishi mumkin boʻlgan kiyimlarga asoslanadi. Ayollar uchun tikilgan kostyum „qizil, tilla va yashil rangdagi madrasdan“ tikilgan oq fartukli va roʻmolli koʻylakni oʻz ichiga oladi. Erkaklar kostyumiga esa bir xil rangdagi nimcha, shuningdek, oq koʻylak, qora shim va somon shlyapa kiradi[10]. Materialning namunasi Shotlandiya Tartanlar reyestrida saqlanadi[11]. Tashkil etilganidan buyon milliy libos koʻplab dizaynerlar tomonidan qayta talqin qilingan va 2012-yilda birinchi Milliy liboslar kuni 26-oktyabrda boʻlib oʻtgan[12].

Oʻz ishida Antigua va Barbuda merosiga eʼtibor qaratganligi sababli, Paget Henry Doramni „millatparvar“ ijodkor deb taʼriflagan[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Meet Antigua Artist Heather Doram“ (en-US). Yachting Mag (8-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  2. „HEATHER DORAM - THE ULTIMATE ARTIST OF ANTIGUA & BARBUDA“. www.ba-theatre.com. 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  3. „Heather Doram – U.S. Department of State“ (en-US). Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  4. „Arts & Culture: Heather Doram“. issuu. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  5. Fodor's. Fodor's Caribbean 2014 (en). Fodor's Travel, 20-avgust 2013-yil. ISBN 978-0-7704-3226-3. 
  6. „Calls for revamp of Carnival costume judging criteria“ (en-GB). Antigua Observer Newspaper (18-iyul 2020-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  7. „Heather Doram Artist“. www.beaumarisartgroup.org.au. 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  8. Kras, Sara Louise. Antigua and Barbuda (en). Marshall Cavendish, 2008. ISBN 978-0-7614-2570-0. 
  9. Gall, Timothy L.. Worldmark Encyclopedia of Cultures and Daily Life (en). Gale, 2009. ISBN 978-1-4144-4890-9. 
  10. „Government of Antigua and Barbuda“. ab.gov.ag. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  11. „Tartan Details - The Scottish Register of Tartans“ (17-dekabr 2021-yil). 17-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  12. „National Dress Parade sets exciting tone for 31st Independence“. www.antiguanice.com. Qaraldi: 17-dekabr 2021-yil.
  13. Henry, Paget. „Visual Art in Antigua and Barbuda: Frank Walter and Walter Parker.“ Antigua and Barbuda Review of Books: 61.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]