Kontent qismiga oʻtish

Hazrat Xalil ota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Hazrat Xalil Ota turk shayxdaridan boʻlib, buyuk avliyo hisoblanadilar. Bu zoti sharif haqlarida „Maqomoti Shohi Naqshband“, „Nafohatul uns“, „Tuhfat az zoirin“, „Nasoimul muhabbat“ kitoblarida maʼlumotlar berilgan. Hazrat Bahoiddin deydilarki, bir kecha tush koʻrdim. Tushimda ulugʻ shayx Hazrat Hakim Ota kelib meni bir darveshning qoʻliga topshirdilar. Uygʻongandan soʻng haligi darveshning surati xotiramda qoldi. Bu voqeani buvimga bayon qildim. U kishi dedilarki, Ey, farzand senga turk mashoyihlaridan nasiba boʻlgusidir. Men doimo ul darveshni kutar edim. Ittifoqo, bir kuni bozorda ul darveshni koʻrdim va uni tanidim. Uning otini soʻrasam, Xalil dedilar. Lekin ul birlan suhbatlashish, gaplashish uchun imkon boʻlmadi. Oqshom payti darveshning yonidan birov kelib, meni taklif qildi. Kuz neʼmatlaridan, yaʼni meva-chevalardan olib ravona boʻldik. Xalil Ota bilan hamsuhbat boʻldim. Xohladimki, tushimni bayon qilay. Ul zot dedilar: „Har ne ayondur, bayonga hojat yoʻqdir!“ Bu gapni eshitib, holim oʻzgardi. Ul zotning suhbatlari qalbimga taʼsir qilar edi. Andak vaqtdan soʻng Xalil Ota Movarounnahr hukmdori boʻldilar. Men sidqidildan ul zoti sharifga xizmat qilardim. Xalil Ota derdilar: „Har kim Haq taolo rizoligi uchun menga xizmat qilsa, xalq orasida buyuk boʻlgay!“ Olti yildan soʻng ul zotning hukmdorligi zavolga yetdi. Mening ham dunyoviy ishlardan koʻnglim sovib, Buxoroga qaytdim. Hazrat Xalil Otaning mozorlari haqida „Tuhfat az zoirin“da maʼlumot berilgan. Xalil Ota mozorlari Naxshab tumanidagi Dehai Shullukon mavzeidadir[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012-yil — 302-bet bet.