Hazrat Obloqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hazrat Obloqulov (1928, Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000); Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi (1998). Mehnat faoliyatini Ikkinchi jahon urushi yillari Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻidagi jamoa xoʻjaligi aʼzoligidan boshlagan. 1960 yildan shu tumandagi S. Ayniy nomli jamoa (hozirgi shirkat) xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi, 1999 yildan bosh pudratchi. O. rahbarlik qilayotgan jamoa aʼzolari paxtachilikda yangi agrotexnologiyalarni qoʻllab, yuqori hosildorlikka, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil