Hazrat Mullo Mir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hazrat Mullo Mir

Toʻliq ismi Hazrat Oxund Mullo Mir Kosagaroniy Buxoriy. Uning otasining ismi Sayid Husayn boʻlgan. Mullo Mir asli Hisori Shodmon tumaniga qarishli Dexlav qishlogʻidan boʻlgan. Abdullaxon hukmronligi davrida Buxoroga kelgan. Hazrat Mullo Mirning ustozi Mavlono Asomiddin hisoblanadi. U Kurʼon va shariat ilmini puxta egallagan. „Tuhfat az-zoirin“da keltirilishicha, u valiolloh Mullo Mir nomi bilan mashhur boʻlgan. Abdullaxonning xoc navkarlaridan biri boʻlgan Doʻstimbiy Argun Hazrat Mullo Mir qabrlari oldida ulkan xonaqoh bino qilgan. Ushbu goʻzal xonaqoh ayni paytda namozxonlar ixtiyoriga berilgan. Hazrat Mullo Mir qabri Romitan tumani, Xoki Mullo Mir qishlogʻida joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. -T.: 2015. 233.