Haydar Aliyev jamgʻarmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Haydar Aliyev Fondi
Turi Nodavlat tashkiloti
Sanoat San’at, ta’lim, fan va xayriya
Ishga tushgan sanasi 10 May 2004
Joylashuvi Boku, Ozarbayjon
Prezidenti Mehribon Aliyeva
Xoʻjayinlar Laylo Aliyeva—fond vitse-prezidenti
Аnar Alekperov—ijrochi direktor
Vebsayti www.heydar-aliyev-foundation.org


Haydar Aliyev Fondi (ozarb. Heydər Əliyev Fondu) — notijorat turdagi nodavlat tashkilotdir. Fondni tashkil etish Haydar Aliyevga boʻlgan hurmatni koʻrsatish va xotirasini yod etish, uning boy maʼnaviy — ruhiy meʼrosini aks ettirish, Haydar Aliyevning „ozarbayjonlik“ falsafasining ahamiyatini taʼkidlash va milliy davlatchilik gʻoyalarini yangi avlodlarga oʻtkazish zaruratidan kelib chiqqan[1].

Maqsadi[tahrir]

Fondning maqsadlari:

  • Ozarbayjonnig ijtimoiy — iqtisodiy, madaniy rivojlanishi, uning jahonning sivilizatsiyalshgan hamjamiyatiga integratsiyalash, xalqning moddiy farovonligini yaxshilash maqsadida, koʻzga koʻringan siyosat arbobi Haydar Aliyev tomonidan belgilangan va ishlab chiqilgan gʻoyalari va siyosatini oʻrganish, targʻib qilish va hayotga tatbiq qilishga yordam berish;
  • Umummilliy rahbar Haydar Aliyevning boy meʼrosidan foydalangan holda Ozarbayjonning ravnaqiga va xalqining farovonligini oshirishga xizmat qiladigan keng koʻlamli dastur va loyihalarni amalga oshirishga yordam koʻrsatish;
  • Fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, sport va ekologiya sohalarida dastur va loyihalarni ishlab chiqib va hayotga tatbiq qilish;
  • Respublika va xorijiy fondlar, nodavlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, umumiy loyihalarni hayotga tatbiq qilish;
  • Maxsus yordamga muhtoj insonlarga yordam koʻrsatish, mahalliy ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam koʻrsatish;
  • Ijodiy salohiyatni aniqlash va bilim, koʻnikma va qobiliyatli insonlarni rivojlanishiga koʻmaklashish;
  • Bolalar va yoshlarni har tomonlama rivojlangan fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qilish;
  • Bolalar ijodiy yoshlar, sanʼatkolar koʻrgazmasini tashkil qilish;
  • Bolalar tashkilotlari infratuzilmalarini rivojlantirish;
  • Ozarbayjon va xorijiy oʻquv muassasalari bilan hamkorlik qilish;
  • Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga koʻmaklashish;
  • Ozarbayjon Respublikasi va xorijda dolzarb mavzularga konferensiya va seminarlar tashkil qilish;
  • Xorijiy mamlakatlar olimlari va mashhur ilmiy — tadqiqot markazlari orasida tajriba almashinishga yordam koʻrsatish;
  • Mamlakatning ijodiy va ilmiy salohiyatini oshirishga koʻmaklashish;
  • Ozarbayjon Respublikasining xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish;
  • Ozarbayjon hayoti haqida jahon hamjamiyatiga maʼlumot berish;
  • Dunyo globallashuvi sharoitida diniy bagʻrikenglikni oʻrnatish, fuqarolik jamiyatini qurish, milliy — maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolishga yordam berish[2].

Tarkibi[tahrir]

Fond tarkibi kollegial va yagona boshqaruv turlarini oʻzida mujassam etgan. Fond oʻz faoliyatini 2004 yilda boshlagan, fond prezidenti YUNESKO ning yaxshi niyat elchisi, Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, ijrochi direktor Anar Alekperov.

Fond prezidenti Меhribon Aliyeva

Fondni uning prezidenti boshqaradi; uning vakolatlariga dasturlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirish ustidan umumiy boshqaruv, fond faoliyatining maqsadli ustuvorligi, uning tuzilishi va kadrlar tarkibini, shuningdek, ustav bilan belgilangan vazifalarni aniqlash kiradi. Shuningdek, Haydar Aliyev fondi prezidenti tomonidan belgilangan vakolatlar doirasida ish yurituvchi ijrochi direktor lavoziga tasdiqlandi. Ijrochi direktor fond tomonidan olib borilayotgan dastur va tadbirlar ustidan joriy nazoratni olib boradi, shuningdek, uning vakolatlari doirasiga kiritilgan masalalar yuzasidan vakoltali vakili hisoblanadi[3].

Interior of building Heydar Aliyev Foundation 1.jpg

Fond prezidenti qoshida shuningdek, turli mutaxasislikdagi ekspertlardan tashkil topgan ekspertlar kengashi faoliyat koʻrsatadi: ularning maqsadi qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonaligi va samaradorligini taʼminlash, ular fond prezidentiga tegishli xulosalar, hisobot va maʼruzalar tayyorlab topshiradilar; shuni taʼkidlash joizki, kengash konsultativ tuzilma hisoblanadi. Ozarbayjonga tashrif buyurayotgan koʻpgina xorijiy siyosatchilar fondning mehmoni boʻlishgan. Ular orasida Gretsiya Prezidenti Konstantinos Stefanopulos, Moskva shahrining sobiq meri Yuriy Lujkov, Pokiston Prezidenti Pervez Musharraf, Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yeltsin, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya bosh vaziri Redjep Tayip Erdogan, Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin, Turkiya armiyasining bosh shtabi boshligʻi, general Ilker Bashbuxa, Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Mahmud Ahmadinedjad, Turkiya prezidenti Abdulla Gyul, Shveytsariya prezidenti Paskal Kushpen Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev, shuningdek, koʻpgina boshqa mamlakatlar boshliqlari va hokimiyat boshliqlarini taʼkidlash mumkin; ularning barchasi fondning faxriy mehmonlari kitobida oʻz tilaklarini yozib qoldirishgan[4].

Fond logotipi[tahrir]

Fond logotipi 2004 yilda oʻtkazilgan va 2500 ish havola etilgan tanlov natijalri boʻyicha qabul qilingan. Haydar Aliyev fondi logotipi Haydar Aliyev initsiali „N.Ə.“ dan tuzilgan sakkiz burchakli yulduzni qamrab olgan boshqa sakkiz burchakli yulduzdan tashkil topgan. „N.Ə.“ initsialini qamrab olgan sakkiz burchakli yulduz bu Haydar Aliyev gʻoyalarini atrofida Ozarbayjon xalqini birlashishini anglatadi. Logotipning moviy rangi osmon, demokratiya, rostgoʻylik, poklik, tozalik, tinchlik, sodiqlik, ishonchlilik, sofdillik va oʻziga boʻlgan ishonchni bildiradi. Zarxal rang — quyosh, tinchlik, taraqqiyot, yorqin kelajakni anglatadi. Logotipning moviy va zarxal ranglari umummilliy yurtboshi Haydar Aliyevning maqsad va gʻoyalarini oʻzida aks ettiradi[5].

Faoliyati[tahrir]

Fondning shtab makoni Ozarbayjonning pochta markasida aks ettirilgan

Fond koʻpgina gumanitar va madaniy masalalar bilan shugʻullanadi: bunga maktab va internatlarni qurish va rekonstruksiya qilish, kutubxona va madaniy markazlarni tashkil qilish kiradi. Fond shuningdek, sanʼatni qoʻllab quvatlash va targʻib qilishga yoʻnaltirilgan dasturlani amalga oshiradi, sanʼat sohasidagi insonlarni qoʻllab — quvvatlaydi, fond oʻz mablagʻlari hisobidan qandli diabet, takassemiya, gemofiliya kabi turli kasalliklarga chalingan insonlarga yordam koʻrsatiladi.

Fond faoliyati faqatgina Ozarbayjonda cheklanib qolmaydi: fond turli madaniy va gumanitar loyihalarini Gruziya[6], Pokiston, Rossiya[7], Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshiriladi.

2010 yilning mart oyida fondning yordami bilan „Ozarbayjon“ kitobi nashr etildi. Unga Ozarbayjoning boy madaniyati, sanʼati, anʼanalarini aks ettirgan minglab rasmlari kiritilgan. Bokuning zamonaviy sanʼat muzeyida kitobga kiritilgan foto — ishlar namoyish etilgan koʻrgazmasi tashkil qilingan[8].

Fan va taʼlim[tahrir]

Fan va taʼlim sohasida Haydar Aliyev Fondi „Bolalar uyi va internatlarni rivojlantirish“, „Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“, „Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“, „Maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish“ dasturlarini hayotga tatbiq etadi.

„Bolalar uyi va maktab internatlarni rivojlanirish“ dasturi doirasida 30 dan ortiq bolalar muassasalari kapital taʼmirdan chiqarilib yangi jihozlar bilan taʼminlangan, ularga qoʻshimcha binolar qurildi, kommunal sharoitlari yaxshilandi. Bolalar uyi va maktab internatlarda kutubxonalar tashkil etildi, maxsus oʻquv qoʻllanmalar va baddiy kitoblar bilan toʻldirildi. Koʻpchiligida kompyuter texnikasi oʻrnatildi, kompyuter xonalari interfaol taʼlim uchun jihozlandi. Fond muntazam ravishda ommaviy tadbirlar, festival, tanlovlar oʻtkazadi, havaskor jamoalari, musiqa, raqs, gilam toʻqish, chizish toʻgaraklariga yordam koʻrsatiladi. Ushbu bolalar muassasalaridagi musiqa toʻgaraklarini fond yangi musiqa asboblari, raqs toʻgaraklarini esa — kiyim va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlaydi.

Haydar Aliyev fondi tashabbusi bilan bolalar uyida tahsil olgan, 18 yoshdan oshgan qizlar uchun Bokuda 50 xonadonli turar joy qurildi. Turar joy topshirish marosimi 2014 yilning 9 yanvarida boʻlib oʻtdi. Undagi xonadonlar barcha kerakli maishiy jihozlar bilan taʼminlangan[9].

jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironlar uchun Yevlox Regional Informatsiya Markaziy.

2005 yildan boshlab Fond „Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“ dasturini amalga oshirib kelmoqda, uning asosiy maqsadiga taʼlim sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, taʼlim darajasiga toʻgʻridan — toʻgʻri taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni hal qilish, zamonaviy standartlarga javob bera oladigan taʼlim majmualarini tashkil qilish kiradi. Shuningdek, dastur maqsadiga mahalliy va xorijiy korxonalar va xalqaro tashkilotlarni bu sohada hamkorlik qiilish uchun imkoniyatlarini aniqlash ham kiradi.

„Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab“ dasturi doirasida 2005 yildan 2012 yillar oraligʻida Ozarbayjonning turli hududlarida 100 mingdan ortiq oʻquvchiga moʻljallangan 400 ta maktab qurildi va qayta taʼmirlandi. Bu maktablar laboratoriya, kutubxona, oshxona, kompyuter zallari, ustaxona, avtonom isitish tizimlari, sport zallari va maydonlari bilan taʼminlandi[10].

„Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“ dasturi doirasida Haydar Aliyev fondi qochoqlar va yurtidan zoʻrlab koʻchirilgan oilalarning birinchi sinf oʻquvchilarini, Gruziyada yashaydigan ozarbayjon oilalaridagi birinchi sinfga chiqqan oʻquvchilarni, shuningdek, darslari gruzin tilida oʻtiladigan Gax, Zagatal va Balakyan tumanlaridagi maktab oʻquvchilarini maktab sumkasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlaydi. Fond oʻquv muassasalarini oʻquv qurollari va turli adabiyotlar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratadi.

„Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash“ dasturi doirasida Gruziya, Misr, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va Gollandiyada bir nechta maktablar rekonstruksiya qilinib kapital taʼmirdan chiqarildi. Eng eʼtiborli va muvafaqiyatli loyihalardan biri bu 2005 yilgi zilzila natijasida vayron boʻlgan Pokistonning Muzaffarobod shahrida joylashgan Rara tumanidagi yangi qizlar maktabini qurilishi boʻldi[11].

Fondning ushbu dasturi doirasida 2010 yilda Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi 78-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi kapital taʼmirdan chiqarildi.

„Maktabgacha taʼlim muassasalarini rivojlantirish“ dasturi doirasida fond maktabgacha taʼlim muassasalarini qayta qurilishini amalga oshirmoqda. 2005 yildan 2012 yillar mobaynida Ozarbayjon boʻylab 20 yaqin bolalar bogʻchalari kapital taʼmirdan chiqarilib zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.

Sogʻliqni saqlash[tahrir]

Boku Talassemiya Markaziy

Bugungi kunga qadar Haydar Aliyev fondi tomonidan sogʻliqni saqlash sohasida koʻpgina loyihalar amalga oshirildi — yangi sogʻliqni saqlash muassasalarining qurilishi va amaldagilarini qayta taʼmirdan chiqarilishi, davolash — diagnostika va reabilitatsiya markazlarini yaratish, qandli diabet va talassemiya kasalligiga chalingan bemorlariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish va davolash, qon topshirish aksiyalari va boshqalar shular jumlasidandir.

2004 yildan boshlab Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjon diabetga chalinganlar jamiyati va „Novo Nordisk“ daniya korxonasi tashkilotchilar hisoblangan „Diabetga chalingan bolalarga — eng katta gʻamxoʻrlik“ loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyiha doirasida qandli diabetga chailngan bolalar, yuqori sifatli insulin va uni ogʻriqsiz va aniq kiritadigan ignalar ishlab chiqaruvchisi sifatida dunyoga mashhur boʻlgan „Novo Nordisk“ daniya korxonasi preparatlari bilan taʼminlanadilar[12].

2005 yilda Haydar Aliyev Fondi talassemiya muammolariga bagʻishlangan „Talassemiyasiz hayot uchun“ mavzusida yegʻilish oʻtkazdi. Talassemiyaga chalingan bolalarni xavfsiz va sifatli qon bilan taʼminalsh uchun, ozarbayjonda maxsus tibbiy markaz va qon bankini tashkil qilish, ixtiyoriy donorlik xizmatini rivojlantirish, talassemiyani tarqalishini oldini olish maqsadida aholiga talassemiya haqida maʼlumot berish va talassemiya bilan kurashayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Hahdar Aliyev fondi 2009 yilning 9 mayida Bokuda ochilish marosimi boʻlib oʻtgan talassemiya Markazini qurdi[13].

Haydar Aliyev fondi Boku va Ozarbayjonning boshqa hududlarida tibbiy muassasalarni rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha loyihalarni amalg oshirib kelmoqda. Fond Tyurkyan qishogʻidagi poliklinika va tez tibbiy yordam stansiyasini, Shuvyalan qishlogʻidagi 31-sonli Birlashgan shahar kasalxonasini, Zirya qishlogʻidagi Davolash — diagnostika markazini, Pirshagi qishlogʻidagi 34- sonli Shahar sogʻliqni saqlash markazini, neftchilar Markaziy kasalxonasidagi xirurgiya va transplantologiya Markazini, Gala qishlogʻidagi 29-sonli Birlashgan shahar kasalxonasi filifalini, Psixonevrologik bolalar markazi, maxsus qarovga muhtoj bolalar uchun reabilitatsiya markazini qayta taʼmirlab zamonaviy jihozlar bilan taʼminladi.

Mehriban Aliyeva in hospital oppenning.JPG

Uzoq muddat davomida fond „FreseniusMedicalCare“, „Karl-Storz“, „Servier“ kabi dunyoning ilgʻor tibbiyot korxonalari bilan hamkorlik qiladi.

Bu korxonalar, shuningdek, Ozarbayjondagi Gretsiya elchixonasi Fondga dori vositalari va zamonaviy tibbiyot jihozlarini taqdim qildi, Fond esa oʻz navbatida ularni tibbiy muassasalarga yoʻnaltirdi [14].

Haydar Aliyev Fondi tashabbusiga koʻra, tugʻma yurak hastaligiga chalingan bolalarni tekshirish, davolash va operatsiya qilish maqsadida muntazam ravishda aksiyalar oʻtkaziladi. Fond tashabbusiga koʻra, neftchilar Markaziy kasalxonasidagi organlar xirurgiya va transplantologiyasi Markazini kapital taʼmirdan chiqarilib, eng ilgʻor texnika bilan jihozlagan. Markaz 2011 yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan. Fond yordami bilan Markazda minglab bemorlar tekshiruvdan oʻtkazildi, yuzlab bemorlar yuragi operatsiya qilindi[15].

Shuningdek fond yordami bilan „quyon labi“ va „boʻrsimon ogʻiz“ tashhisi bilan bogʻliq bemorlarga bepul operatsiyalar oʻtkaziladi[16].

2015 yilda Haydar Aliyev fondi „Koxlear implantatsiya“ dasturini amalga oshirishni boshladi. Dasturga koʻra, eshitish bilan bogʻliq muammoga ega bemorlarni bepul tekshirib koxlear implantatsiya operatsiyasini oʻtkazadigan, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil etilgan[17].

Madaniyat[tahrir]

Haydar Aliyev fondining madaniyat sohasidagi loyihalari tarixiy-madaniy yodgorliklarni tiklash, rassomchilik boʻyicha tanlovlar oʻtkazish, mugʻom sanʼatini rivojlantirish, mashhur sanʼat arboblarining albomlarini tayyorlash, xalqaro musiqa festivallari va dunyoga mashhur musiqachilarning yubileylarini oʻtkazishga yoʻnaltirilgan. Fond Ozarbayjon tashqarisida ozarbayjonning boy madaniyati va qadimiy ozarbayjon tarixini targʻib qilishga katta ahamiyat qaratadi. Shuningdek, fond jahon madaniyati va tarixiga katta hurmat bilan qaraydi. Haydar Aliyev Fondi hisobiga turli mamlakatlarda meʼmoriy yodgorliklar, tarixiy bino va muzeylar tiklanmoqda. Fransiyada Fond Strassburg cherkovi hamda Versal[18] dagi bir qator ob’yektlarni qayta tiklash ishlariga homiylik qilgan. 2012 yilning iyun oyida Vatikanda Haydar Aliyev Fondi prezidenti, Ozarbayjoning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva hamda kardinal Djanfranko Ravazi ishtirokida, „rim katakombalarini“[19] qayta tiklashda fondning yordami haqida bitim imzolngan.

Tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash hamda madaniyat ob’yektlarini qurish[tahrir]

Haydar Aliyev fondining yoʻnalishlaridan biri respublika hamda jahon miqiyosidagi tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash va yangi madaniyat obyektlarini qurishdir. 2016 yilga qadar Haydar Aliyev fondi Ozarbayjondagi 50 diniy, tarixiy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklashda qatnashdi. Shu bilan birga, fond dunyoning turli mamlakat va shaharlaridagi 40dan ortiq diniy va madaniy yodgorliklarni qayta tiklashda ishtirok etdi[20].

2006 yilda fond Gruziya poytaxti Tbilisidagi panteonda xiyobon tashkil etildi va dafn etilgan atoqli ozarbayjonliklar: shoir Mirza ShafiVazex (1794—1852), shoir, drammaturg, faylasuf Mirza FataliAxundzade (Axundov) (1812—1878), jamoat — siyosat arbobi Gasan bek Agaevskiy (1875—1920), davlat arbobi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasining asoschilaridan biri Fatali xon Xoyskiylarning (1875—1920)[21] qabr toshlari qayta tiklandi.

2007 yilda Haydar Aliyev Fondi 1979 yildan Jahon meʼrosi roʻyhatiga kiritilgan va Parijdagi Versal bogʻida saqlanadigan, vaqt va iqlim sharoitlari natijasida zarar koʻrgan „Amazonka“ (1685—1693, muallif — Jak Byuirret) va „favn boshi koʻrinishidagi dastakli vaza“ (1687—1705, muallif — Klod Berten)[22] qadimiy yodgorliklarni qayta tikladi.

2007 yilda fond, tashlandiq holatga kelib qolgan va vayron holatga kelgan, 1961 yilda foydalanishga topshirilgan Mardakyan sanʼat saroyini taʼmirladi[23].

2008 yilda Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Davlat tarixiy — etnografik Gala qoʻriqxonasi hududida eramizdan avvalgi III-II ming yilliklardan oʻrta asrlargacha boʻlgan davrlarga taaluqli qoya rasmlari, gavaldash, sopol buyumlar, maishiy ashyolar va taqinchoqlar, qurol va tangalar, saqlanib qolgan qadimiy yashash joylari qoldiqlari taqdim qilingan osmon ostidagi Arxeologik — etnografik muzey majmuasi tashkil qilindi[24].

2008 yilning oktabr oyida Salyanada, fond professional rassomlar koʻrgazmalari va master klasslari oʻtqaziladigan Davlat badiiy galereyasini qayta qurib umumiy foydalanishga topshirdi[25].

2009 yilning mart oyida, Bokuda Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan qurilgan Zamonaviy Sanʼat Muzeyi ochildi. Muzey binosi modern usulida avangard elementlari bilan qurilgan. Muzeyda avangard uslubida ijod qiluvchi yosh ozarbayjon rassom va haykaltaroshlari ishlari bilan bir qatorda Ozarbayjonning xalq rassomlari va haykaltaroshlari ishlari ham yegʻilgan. Gʻarbiy Yevropa madaniyati salonida rasm va qoʻl mehnati ishlari namoyish qilingan[26].

2011 yilning 7 sentabr oyida Davlat tarixiy-etnografik Gala qoʻriqxonasi hududida, Haydar Aliyev Fondi tomonidan tashkil qilingan Gala Antikvariat Muzeyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Muzeyda ozarbayjon aholisi yuz yilliklar davomida barpo qilgan eksponatlar, shuningdek, Ozarbayjonning turli hududlaridan yegʻilgan, AQSH, Germaniya, Avstriya, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqilgan buyumlar ham namoyish qilingan[27].

2011 yilning 29 sentabr oyida Hayda Aliyev Fondi Ikkinchi jahon urushi davomida yondirib vayron qilingan Berlin qasrini tiklash uchun 50 ming yevro hadya qildi[28].

2012 yilning 20 aprelida Italiyaning Villa Borgeze rim bogʻida Nizomiy Ganjaviyning yubileyiga bagʻishlangan tadbirlar siklida, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti qaroriga binoan, Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[29].

2012 yilning 19 sentabrida Fransiya poytaxti Parijda Haydar Aliyev Fondi va Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasi yordami bilan tashkil etilgan Ozarbayjon madaniyat markazi ochildi. Markaz binosi 1904 yilda qurilgan va Eyfel minorasi yonidagi qadimiy qurilma hisoblanadi. Markazda turli uchrashuvlar, tadbirlar oʻtqazish uchun barcha sharoitlar mavjud, turli ekspozitsiya zallari tashkil qilingan, Ozarbayjon tarixini aks ettiruvchi eksponatlar — arxeologik topilmalar, qadimiy tangalar, qurol, misdan yasalgan buyumlar namoyish qilingan. Shuningdek, markazda milliy gilamchilikning barcha yoʻnalishlaridagi koʻrgazmalar namoyish qilingan, ozarbayjon gilam toʻqish maktablarining tarixi va rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan. Alohida mugʻom zali tashkil qilindi hamda qadimiy musiqa asboblari koʻrgazmasi ochildi[30]

2012 yilning 23 noyabrida Moskvaning M.I.Rudomino nomidagi horijiy adabiyot Umum Rossiya Davlat kutubxonasida Haydar Aliyev Fondi buyuk ozarbayjon yozuvchisi va faylasifi Mirza FataliAxundzodaning haykalini ochdi[31].

2013 yilda Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Rimning Kapitoliya muzeylarida „Faylasuflar zali“ restavratsiya qilindi[32].

Ochilish marosimi 2014 yilning 21 yanvarida boʻlib oʻtgan, Nizomiy Gandjaviy muzeyi[33] va Mexseti Gandjaviy Markazlari[34] Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Gyandjda barpo etildi.

2014 yilning 26 avgustida Bokuda Dengizboʻyi milliy bogʻida Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat va turizm Vazirligi, hamda YUNESKO[35] yordami bilan Latif Kerimov nomidagi ozarbayjon gilami Muzeyi ochilishi boʻlib oʻtdi.

2014 yilning 26 avgustida Bokuda Dengizboʻyi milliy bogʻida Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat va turizm Vazirligi, hamda YUNESKO[35] yordami bilan Latif Kerimov nomidagi ozarbayjon gilami Muzeyi ochilishi boʻlib oʻtdi. Oʻralgan gilamni eslatuvchi markaz binosi mashhur avstriyalik arxitektor Frans Yans loyihasi boʻyicha qurilgan. Muzeyda 13 300 dan ortiq eksponat va buyumlar saqlanadi, shuningdek, ozarbayjon gilamchiligining barcha yoʻnalishlari, yoshi yuz yillarga borib taqaladigan turli gilam va gilam buyumlar, metaldan yasalga buyumlar, mato va kiyimlar, sopol, shisha, yogʻoch va qogʻoz buyumlar, zargarlik taqinchoqlar, kitob, fotosuratlarning noyob toʻplamlari namoyish etilgan[35].

2015 yilning 8 iyunida Bokuning Davlat bayrogʻi Maydonida Haydar Aliyev Fondi Qoya tosh yozuvlari muzeyini tashkil etdi. Muzeyda Ozarbayjonning turli hududlaridan topilgan, „Gobuston“ va „Gala“ qoʻriqxonalaridan keltirilgan tosh buyumlari, shuningdek, haykaltarosh Guseyn Xagverdi[36] ishlari namoyish etildi. Bundan tashqari 2015 yilning 8 iyunida, Davlat bayrogʻi Maydoni hududida Haydar Aliyev Fondi „XX-XXI asrlar Ozarbayjon rassomchiligi“ muzeyini ochdi. Muzey ekspozitsiyasida Ozarbayjon tasviriy sanʼatining yuz yillik rivojlanish tarixini qamrab oluvchi rasmlar namoyish etildi[37].

2015 yilning 14 iyunida „Gala“ Davlat tarixiy-etnografik qoʻriqxona hududida Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan „Chiqindilardan — sanʼatga“ nomli Muzeyi ochildi[38].

2015 yilning 30 dekabrida Boku shahrining Zirya qishlogʻida Haydar Aliyev Fondining mahsus loyihasi boʻyicha Madaniyat Markazi qurildi[39].

2016 yilning 18 fevralida Belgiyaning Vaterloo shahrida Haydar Aliyev Fondi yordami bilan ozarbayjon shoirasi Xurshidbanu Natavan[40] ga haykal oʻrnatilgan.

Musiqiy loyihalar[tahrir]

Haydar Aliyev Fondining koʻp sonli maqsadlaridan biri milliy — maʼnaviy qadriyatlarni, shu jumladan ozarbayjon mugʻomlarini saqlab qolish va targʻib qilish bilan bogʻliq. Fondning tashabbusi bilan bu sohada uchrashuvlar, mugʻom kechalari, ilmiy simpoziumlar, mugʻom sanʼatining mashhur ijrochilari konsertlari, xalqaro mugʻom festivallari oʻtkaziladi[41].

2005 yilning 2 fevralida Haydar Aliyev Fondida mugʻomga bagʻishlangan — „Mugʻom — meʼrosi“, „Mugʻom — dastgoh“, „Mugʻom — ensiklopediyasi“, „Mugʻom — internet“, „Mugʻom — antologiya“, „Mugʻom olami“ va „Mugʻom markazi“ loyihalar namoyishi boʻlib oʻtdi. Namoyish ishtirokchilariga har bir loyiha haqida toʻliq maʼlumot berildi[42].

2005 yilning 8 aprelida Haydar Aliyev Fondi prezidenti M.Aliyeva tashabbusi bilan „Ozarbayjon mugʻomi“ loyiha doirasida „Guliston“ saroyida „Qorabogʻ xanende“ albomining prezentatsiyasi boʻlib oʻtdi. Albomda bu sanʼatning 24 ustasi ijro etgan mugʻomlar mavjud, bular orasida — Djabbar Garyagdioglu, Kechechioglu Muhammed, Meshadi Muhammed Farzaliev, Medjid Beybutov, Seid Shushinskiy, Xan Shushinskiy, Islam Abdullaev, ByulByul, ZulfiAdigezalov, Abulfat Aliyev[43] mavjud.

Oʻsha yilning aprel oyida dengizboʻyi Milliy bogʻida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamda YUNESKO ning bosh direktori janob Matsura ishtirokida Xalqaro Mugʻom markazining poydevori qoʻyildi. 2005 yilning 14 dekabrida Haydar Aliyev Fondida mashhur ozarbayjon ijrochilari ishtirokida Xalqaro mugʻom markazi bino loyihasining tahlili boʻlib oʻtdi[44].

2008 yilning 17 sentabrida Haydar Aliyev Fondining „Ozarbayjon mugʻomi ensiklopediyasi“ loyihasi prezentatsiyasi boʻlib oʻtdi. Loyiha „Mugʻom ensiklopediyasi“ bosma nashri va mashhur mugʻom ijrochilarining „Ozarbayjon xanende“ ijrosidan tashkil topgan[45].

2008 yilning 27 dekabrida Bokuda, dengizboʻyi Milliy bogʻida Xalqaro mugʻom markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Markaz Fond prezidenti, YUNESKO va ISESKO ning yaxshi niyat elchisi, Milliy Majlis deputati Mehribon Aliyeva tashabbusiga koʻra qurildi. Xalqaro mugʻom markazida 350 kishiga moʻljallangan konsert zali, klub, 80 kishiga moʻljallangan restoran, oʻquv xonalari, ovoz yozish studiyasi mavjud[46].

Haydar Aliyev fondi tashabbusi va tashkillashtirilishi boʻyicha mugʻomning xalqaro festivallari oʻtkazilmoqda. 2009 yilda fond dunyoning 17 mamlakatidan mehmonlar tashrif buyurgan I Xalqaro mugʻom festivalini oʻtkazildi[47] 2009 yilning 11 noyabrida Haydar Aliyev fondida „Ozarbayjon mugʻomi“ multimediya toʻplami va „Mugʻom olami“ nashrining namoyishi oʻtkazildi, bu joriy yilning mart oyida Boku shahrida oʻtkazilgan I Xalqaro mugʻom festivali va ilmiy simpozium natijasining hosilasi boʻldi. „Ozarbayjon mugʻomi“ multimedia toʻplami ozarbayjon mugʻomi tarixi, uning roli va Ozarbayjon madaniy meʼrosida tutgan oʻrni, asosiy ozarbayjon mugʻomlari va ularning nota yozuvlari, ozarbayjon simfonik mugʻomlari, ozarbayjon xalq asboblari, mashhur shaxslar, mugʻom terminlari va boshqa materiallar aks etgan sakkiz diskdan iborat. Loyiha ikki tilda — ozarbayjon va ingliz tillarida taqdim qilingan. „Mugʻom olami“ nashri 33 diskdan tashkil topgan boʻlib, unda mamlakatimiz va poytaxtda oʻsha davrda boʻlib oʻtgan barcha uchrashuv, yegʻilish, mahalliy va horijiy ijrochilar konsertlari aks ettirilgan [48].

2011 yilning mart oyida Bokuda Mugʻom xalqaro markazida fond II Xalqaro mugʻom festivali „Mugʻom olami“ ni oʻtkazdi[49].

2011 yilning 9-19 mart kunlari Haydar Aliyev fondi Bokuda III Xalqaro mugʻom festivali „Mugʻom olami“ ni oʻtkazdi[50].

2015 yilning 11-18 mart kunlari fond IV Xalqaro mugʻom festivali „Mugʻom olami“ ni tashkillashtirdi. Festivalga dunyoning koʻpgina mamlakatlaridan mashhur musiqachilari va musiqiy guruhlari taklif etildi. Xorijiy musiqachilar bilan bir qatorda konsertda mashhur ozarbayjon mugʻom ustalari ham chiqish qilishdi[51].

Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan Ozarbayjonda muntazam ravishda mugʻom tanlovlari oʻtkazilmoqda. 2005 yilda mashhur ozarbayjon kompozitori U.Gadjibeylining 120 yilligiga bagʻishlangan ilk mugʻom tanlovi oʻtkazildi[52]. Navbatdagi mugʻom tanlovi „Mugʻom televizion tanlovi-2007“ Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan oʻtkazildi. Tanlovning yakuniy etapi 15 sentabr kuni oʻtkazildi. Tanlov ishtirokchilari va gʻoliblariga diplom hamda pul mukofotlari berildi[53].

Musiqa festivallarini qoʻllab quvvatlash[tahrir]

Haydar Aliyev fondi bir qator musiqa festivallarini tashkillashtirish va oʻtkazishda faol ishtirok etadi. Bular:

  • „Gabali musiqa festivali“[54]
  • „Mugʻom olami“[55]
  • „Uzeir Gadjibekov ijodiga bagʻishlangan xalqaro festival“[56]
  • „Mstislav Rostropovich Xalqaro Boku festivali“[57]

Shuningdek, fond boshqa davlatlarda oʻtkaziladigan shu kabi madaniy tadbirlarga yordam koʻrsatadi[58].

„Insonparvarlik manzili — Ozarbayjon“ Loyihasi[tahrir]

Haydar Aliyev Fondi Ozarbayjonda insonparvarlik anʼanalarini saqlab qolishga alohida ahamiyat qaratadi. „Insonparvarlik manzili — Ozarbayjon“ loyihasi doirasida Haydar Aliyev Fondi diniy yodgorliklar, dargohlar, qurilmalarni taʼmirlash va qayta tiklash ishlarini, turli konferensiya va koʻrgazmalarni tashkillashtiradi[59].

Fond yordami bilan 2005 yilda Gyandjda Gyandjning soʻnggi xoni — Djavad -xon qabri ustida maqbara oʻrnatilgan. 2005 yilda Haydar Aliyev Fondi Gyandj ozodlik harakati qahramoni Djomardi Gassab (VII-VII asrlar) qabri va qabr toshini qayta tikladi[60]. Oʻsha yilda fond Boku shahri Xazar tumani Mardakyan qishlogʻida joylashgan Pir Gasan (XVI asr) maqbarasida taʼmirlash — tiklash ishlarini amalga oshirdi. 2006 yil fond tashabbusi bilan Boku shahrining Xazar tumani Bin qishlogʻida Moxsun Salim Masjidi kapital taʼmirdan chiqarildi[61].

2007 yili „Insonparvarlik manzili — Ozarbayjon“ loyihasi doirasida Boku pravoslav cherkovida taʼmirlash — tiklash ishlari amalga oshirildi. Cherkovning osma shifti badiiy shishalar bilan almashtirildi, bino old qismi qaytadan qurildi[62].

2008 yilda Haydar Aliyev Fondi hamda Ozarbayjondagi Katoliklar diniy jamoasi oʻrtasida oʻzaro tushunish toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Hamkorlikning boshlangʻich etapida Fond Bokudagi Avliyo Mariya cherkovining osma shift shishalarini klassik vitraj texnikasida bajarilgan diniy yoʻnalishdagi shishalarga almashtirildi. Shuningdek, cherkov old qismida sopol panno oʻrnatildi[63].

2009 yilda „Insonparvarlik manzili — Ozarbayjon“ loyihasi doirasida Haydar Aliyev Fondi Deva Mariya va Isus Xristos siymolari aks ettirilgan, 1320-1340 yillarda yaratilgan Strassburg Kafedral soborini qayta tiklash uchun moliyaviy mablagʻlar ajratdi[64].

„Insonparvarlik manzili — Ozarbayjon“ loyihasi doirasida Haydar Aliyev Fondi va „Or-Avner“ xalqaro fondi tomonidan Bokuda yashaydigan yahudiy bolalar uchun „Xabad-Or-Avner“ taʼlim markazi qurildi. Poydevor qoʻyish marosimi 2007 yilning 31 mayida Haydar Aliyev Fondi prezidenti Mehribon Aliyeva ishtirokida boʻlib oʻtdi. Taʼlim markazi qurilishi 2010 yilda yakunlandi[65].

2006 yilning dekabr oyida Haydar Aliyev fondi prezidenti Mehribon Aliyeva tashabbusi bilan, Boku shahri Xazar tumani Buzovn qishlogʻidagi Juma -Masjid rekonstruksiya loyihasi ishlab chiqildi. Masjid qurilishi 2007 yilda boshlanib 2009 yilda yakunlandi. Masjid monolitdan qurilgan boʻlib, 500 kv.m dan iborat. Bu yerda ayol va erkaklar uchun alohida ibodatxonalar yaratilgan[66].

2013 yilda Haydar ALiyev Fondi mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda Fransiyaning Orn departamentida X-XII asrlarga taʼluqli 7 cherkovni restavratsiya ishlarida qatnashdi. Restavratsiya ishlari departamentning Sentye, Fresnay o Sovaj, San-Iler lya Jerar, Tanvil, Kurjut, Revoyon va Mal qishloqlaridagi cherkovlarida amalga oshirildi[67].

2012 yilning 12 sentabr oyida Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Astraxanda Avliyo knyaz Vladimir sobori toʻgʻrisida Avliyo knyaz Vladimirga haykalini qurish boshlandi. 2013 yilning 20 dekabrida Haydar Aliyev Fondi vitse prezidenti Leyla Aliyeva va Astrahan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin ishtirokida haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[68].

2013 yilning 27 sentabirida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh idorasida Haydar Aliyev Fondi hamda BMT sivilizatsiya alyansi va Ozarbayjon Respublikasining diniy tuzilmalar bilan ishlash Davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda „Ozarbayjon — insonparvarlik hududi“ nomli fotokoʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmada Ozarbayjonga bir necha bor ijodiy safarlar uyushtirgan, dunyoga mashhur fotograf Reza Deggati ishlari namoyish qilindi[69]. 2013 yilning 22 oktabr kuni bu koʻrgazma YUNESKOning Parijdagi bosh idorasida namoyish etildi[70]. 2014 yilning 3 aprel kuni „Ozarbayjon — insonparvarlik hududi“ nomli koʻrgazmasi Haydar Aliyev Fondi, Ozarbayjonning Rossiyadagi elchixonasi va Yahudiy muzey va insonparvarlik markazi bilan birga Moskvadagi Yahudiylar muzeyi va insonparvarlik markazida oʻtkazildi[71]. 9 sentabr kuni „Ozarbayjon — insonparvarlik hududi“ koʻchma foto koʻrgazmasi Izrail shimolida, Xayfadan janubi — sharqda joylashgan Yokneam shahrida namoyish etildi[72].

2012 yilning 22 iyunida Rimda Haydar Aliyev fondi va Muqaddas taxt oʻrtasida „Rim katakombalarini qayta tiklash toʻgʻrisida ikki tomonlama bitim imzolandi“, bitim doirasida Xristian olami uchun muhim yodgorliklar — Avliyo Marchellino va Pyetro Katakombalarini qayta tiklash haqida qaror qabul qilindi[73]. 2014 yilning 2 iyunida Haydar Aliyev Fondi prezidenti Mehribon Aliyeva restavratsiya ishlaridan soʻng rim katakombalari bilan tanishib chiqdi. 2016 yilning 23 fevralida Mehribon Aliyeva ishtirokida Avliyo Marchellino va Pyetro Katakombalarini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[74].

Ijtimoiy soha[tahrir]

Haydar Aliyev Fondi Ozarbayjon jamiyati hayotida faol ishtirok etib, ijtimoiy sohada koʻp sonli dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Ijtimoiy muammolarni hal qilish Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Bu sohadagi Fondning asosiy maqsadlaridan biri ota-ona qaramogʻidan ayrilgan bolalar, qochoqlar va majburiy koʻchirilgan oila farzandlari, shuningdek, turli kasalliklarga chalingan bolalarga yordam koʻrsatishdir. Haydar Aliyev Fondi bolalar uyi va maktab internatlarda tahsil olayotgan bolalar va oʻsmirlarga alohida gʻamhoʻrlik va eʼtibor qaratadi. Fond prezidenti Mehribon Aliyeva buyrugʻiga binoan, bolalar uyi va maktab internatlarda mavjud boʻlgan muammolarni oʻrganish maqsadida, doimiy monitoringlar oʻtkaziladi, bunday muassasalarning material — texnik bazasi, hamda bu yerda yashaydigan bolalar va oʻsmirlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va maʼnaviy yordam zarurligi oʻrganiladi. Fond bunday muassasa binolarini rekonstruksiya qiladi, bu yerda yashaydigan bolalar va oʻsmirlar muammolarini hal qiladi, oila gʻamhoʻrligidan mahrum boʻlgan shaxslarni jamiyatda oʻz joyini topishiga koʻmaklashadi. 2005 yildan 2015 yilgacha „Bolalar uyi va maktab internatlarini rivojlantirish“ dasturi doirasida respublika boʻyicha 36 bolalar uyi kapital taʼmirdan chiqarilib yangi jihozlar bilan taʼminlangan, qoʻshimcha ravishda yordamchi binolar qurilgan. Maʼlum bir kasbni egallash va boʻsh vaqtni oʻtkazish uchun rasm chizish va raqs kurslari, turli toʻgaraklar tashkil etildi. Fond muntazam ravishda ota ona gʻamhoʻrligidan cheklangan bolalar uchun bayramlar tashkillashtiradi. Bolalar bilan birga Yangi Yil, Navroʻz, Ramazon, Qurbon Bayram va boshqa bayramlar nishonlanadi. Fond prezidenti Mehribon Aliyeva soʻnggi yillarda oʻz tavallud kunini bolalar uyidagi bolalar va oʻsmirlar atrofida nishonlaydi[75].

Atrof muhit[tahrir]

Haydar Aliyev Fondi atrof muhitni himoya qilish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan turli loyihalarni amalga oshiradi.

2007 yilda „Har birimiz bittadan daraxt ekaylik“ loyihasini amalga oshirdi. Loyihaning asosi Boku shahar atrofidagi foydalanilmaydigan hududlarga 20 ming doim yashil boʻladigan daraxtlarni ekish boʻlgan. Keyinchalik bu tashabbusga Ozarbayjonning barcha shahar, viloyat va qishloqlaridagi aholi qoʻshildi. Loyiha doirasida mamlakat boʻylab milliondan ortiq daraxtlar ekilgan[76].

2010-2011 yillarda, Haydar Aliyev Fondi va Ekologiya va tabiiy resurslar Vazirligi tomonidan, Ozarbayjonning Absheron tumanining maʼmuriy hududi hisoblangan Gobuston — Djengichay davlat tabiiy qoʻriqxonasidagi jayronlarning sonini koʻpaytirishga qaratilgan „Ozarbayjon Respublikasi hududida jayronlarni himoya qilish, qaytaintroduksiya va tarixiy arealini tiklash“ loyihasini amalga oshirdi. Loyiha doirasida Shirvon milliy bogʻidan Adjinoxur va Saridjay tekisliklariga, Bozdag qiyaligi, Mil tekisligi va Gobustan — Djengichayga jayronlar koʻchirildi. Jayronlar populatsiyasi himoyasini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi[77].

2012 yilning 1 iyunida Davlat tarixiy — etnografik Gala qoʻriqxonasida „Chiqindilardan — sanʼat sari“ deb nomlangan xalqaro koʻrgazma ochilib, uning asosiy maqsadi odamlarni ortiqcha sarf xarajatlardan saqlanish, keraksiz buyumlarni oʻylamasdan tashlab yubormaslikka chorlashga qaratilgan. Bunday janrdagi ishlar turli xil maishiy chiqindilardan yaratiladi. Koʻrgazmada Ozarbayjon, Germaniya, AQSH, Estoniya, Ruminiya, Litva, Gruziya, Belarusiya va boshqa mamlakatlar ustalari oʻz ishlari bilan qatnashdi[78].

2013 yilning 6 — 20 iyun kunlari Haydar Aliyev Fondi tashabbusi va yordami bilan Davlat tarixiy-etnografik „Gala“ qoʻriqxonasida „Chiqindilardan — sanʼat sari“ nomli II Xalqaro koʻrgazma tashkil etildi. Bu koʻrgazmada tomoshabinlar chiqindilarni sanʼat asariga aylanish jarayonini oʻz koʻzlari bilan koʻrishga muvaffaq boʻlishdi. Orasida 8 — ozarbayjonlik boʻlgan 24 ishtirokchi oʻz ishlarni koʻrgazma vaqtida yaratishdi[79].

2014 yilning 30 mayida Davlat tarixiy-etnografik „Gala“ qoʻriqxonasida „Chiqindilardan — sanʼat sari“ nomli III Xalqaro koʻrgazma oʻtkazildi[80], 2015 yilning 14 iyunida esa, Chiqindilardan — sanʼat sari" nomli IV Xalqaro koʻrgazma oʻtkazildi[81].

2015 yilning 14 iyunida Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan Davlat tarixiy-etnografik „Gala“ qoʻriqxonasi hududida „Chiqindilardan — sanʼat sari“ muzeyi tashkil etildi. Bu muzeyda „Chiqindilardan — sanʼat sari“ xalqaro koʻrgazmasida namoyish etilgan ishlar qoʻyilgan[82].

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar[tahrir]

Haydar Aliyev Fondi axborot-kommunkitasion texnologiyalarni keng qoʻllanilishiga, informatsion jamiyatni qurish uchun qulay sharoitlar yaratishga, aholining barcha qatlamlari, shu jumladan nogiron va imkoniyatlari cheklangan shaxslar tomonidan AKT keng qoʻllanilishiga, oʻquv muassasalarida kompyuter xonalarini ochishga alohida ahamiyat qaratadi.

2005 yilda fond internet tarmoqlarida Ozarbayjon hayoti, ozarbayjon halqi yaratgan material — maʼnaviy qadriyatlarni ommaviylashtirish, Ozarbayjonni xorijda tanitish ishlariga koʻmaklashish maqsadida „Ozarbayjon“ portalini ishlab chiqdi. „Ozarbayjon“ portali ozarbayjon, ingliz va rus tillarida tuzildi[83].

2005 yilning 9 dekabrida Haydar Aliyev Fondi BMT rivojlanish dasturi bilan birga jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni jamiyatda huquqlarini kengaytirish, AKT yordamida axborot va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashishga qaratilgan „Koʻr va koʻzi ojizlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishini taʼminlash“ loyihasini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolandi. Loyiha doirasida Boku shahrining Nariman tumanida joylashgan koʻr va koʻzi ojiz bolalar maktab — internatida modelli AKT — markaz yaratildi[84].

2008 yilning 15 iyunida fond Gruziyaning Dmanisi shahrida oʻquv — kompyuter markazini qurib foydalanishga topshirdi[85].

Haydar Aliyev Fondining asosiy maqsadlaridan biri alohida eʼtiborga muhtoj shaxslarga yordam koʻrsatish, ularni sogʻligʻini asrash va ijtimoiy muammolarini hal qilishdir. Shu maqsadda 5 oktabr kuni Naxchivanda Haydar Aliyev fondi, Ozarbayjon aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi hamda BMT rivojlanish dasturi bilan birgalikda yaratilgan, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun hududiy axborot markazi ochilishi boʻlib oʻtdi. Axborot markazi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan. Nogiron aravachalarida harakatlanadigan nogironlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan[86].

Haydar Aliyev fondining jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilishga moʻljallangan yana bir loyihalaridan biri, ochilish marosimi 2011 yilning 9 fevralida boʻlib oʻtgan Gyandji hududiy axborot markazini tashkil qilish boʻldi. Loyiha maqsadi bu jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni axborot texnologiyalariga jalb qilishdir. Markaz Aloqa va axborot texnologiyalari Vazirligi hamda BMTning Rivojlanish dasturi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Markaz oʻqish zali, oʻquv markazi, audiokutubxona, kutubxona fondini audioformatga oʻgirish ovoz yozish studiyasi, kompyuter markazini oʻz ichiga oladi. Oʻqish zalida koʻzi ojiz nogironlar uchun moʻljallangan, braylev alifbosida chop etilgan 1000 ga yaqin kitoblar mavjud[87].

2012 yilning 7 oktabr kuni Haydar Aliyev Fondi tomonidan „Koʻr va koʻzi ojizlarni axborot — kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishini taʼminlash“ loyihasi doirasida Yevlaxda qurilgan Hududiy axborot markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Markaz binosida 5 sinf, oʻquv xonasi, audiostudiya xonasi, kutubxona va boshqa binolar mavjud. Bu yerda shuningdek, modelli AKT-xonalari va kompyuter markazi yaratilgan, zarur jihozlar va dasturiy taʼminot oʻrnatilgan[88].

Sport[tahrir]

Haydar Aliyev fondi yoshlarni har tomonlama va komil rivojlanishiga alohida ahamiyat qaratadi. Fond bolalar va oʻsmirlar orasida sportga qiziqishini kuchaytirish va sogʻlom ruxda tarbiyalash borasida turli loyihalarni amalga oshiradi. Fond tashabbusi bilan qurilayotgan oʻquv va maktabgacha taʼlim muassasalarida sport zallari, futbol maydonchalari va mini stadionlar yaratilyapti, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlashmoqda. Shuningdek, fond sport sohasiga oid oʻquv qoʻllanmalari va kitoblarni chop etilmoqda[89].

2007-2008 yillarda Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Bokuda Haydar Aliyev xotirasiga bagʻishlangan „Prezident Kubogi“ shaxmat festivallari oʻtkazildi. Festivalda dunyoning koʻpgina mamlakatlaridan shaxmatchilar, xalqaro toifadagi grossmeysterlar va mashhur sport ustalari qatnashdilar[90].

2011 yilda Bokuning Xazar tumanidagi Zirya qishlogʻida sport majmuasi qurildi. 2 gektar maydonli majmuada sport uchun mahsus binolar, qurilmalar, yordamchi qurilmalar qurildi, yoʻllar asfaltlandi[91].

2011 yilning 30 oktabrida Udjar shahrida fond tashabbusi bilan qurilgan shaxmat maktabi ochildi. Umumiy maydoni 820 kv.m.ni tashkil etadigan bir qavatli maktabda beshta sinf, kompyuter xonasi va hizmat binosi mavjud. Maktabning oʻyin zalida bir vaqtning oʻzida 140 kishi shaxmat oʻynashi mumkin. Maktabda zamonaviy ventilyatsiya va yoritish tizimlari oʻrnatilgan[92].

2012 yilning 13 sentabrida fond tashabbusi bilan Boku shahrining Xazar tumani Bin qishlogʻida FIFA standartlari boʻyicha qurilgan stadionning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Stadion sunʼiy oʻt qoplamali futbol maydoni, 600 kishiga moʻljallangan tomoshabinlar oʻrindiqlari, katta formatda oʻyinni namoyish qilish uchun monitor, shifokor va sudya xonalaridan iborat[93].

2013 yilda Haydar Aliyev Fondi yordami bilan Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida joylashgan 3-sonli gimnaziya hovlisida sport maydoni qurildi[94].

2013 yilning dekabr oyida Hindistonning Goa shtatida Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan qurilgan „Ota Agnelo“ stadionining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[95].

2014 yilning yanvar oyida Goʻychay shahrida Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan rekonstruksiya qilingan shaxmat maktabi foydalanishga topshirildi[96].

2015 yilning 17 sentabrida Agsu shahrida Haydar Aliyev Fondi tashabbusi bilan qurilgan sport majmuasi ochildi. Sport majmuasida boks, dzyudo, kurash, suzish, txekvondo, tennis, bilyard bilan shugʻullanishga barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda maʼmuriy xonalar, shuningdek, turli tadbirlarni oʻtkazish uchun konferensiya zali mavjud[97].

1 may kuni Bokuda fond tashabbusi bilan „Shamoldan ustun boʻl“ shiori ostida „Boku marafoni — 2016“ oʻtkazildi. Marafonning asosiy maqsadi Ozarbayjonda sport rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlarni umumiy ijobiy ishlar uchun birlashtirishdir. Marafonda Ozarbayjon fuqarolari bilan birga mamlakatimizda yashab ishlaydigan 500 ga yaqin horijliklar ham ishtirok etishdi. Talabalarning marafondagi ishtiroki fond tomonidan moliyalashtirildi. Boku marafonidan toʻplangan mabagʻlar, fondning ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan bogʻliq loyihalariga yoʻnaltiriladi [98].

Fonding xorijdagi faoliyati[tahrir]

Fondning Rossiya Federatsiyasidagi faoliyati asosan ijtimoiy tadbirlarga homiylik qilishdan iborat. Fond homiyligida Moskvadagi „Baku“ kinoteatrida doimiy ravishda shahardagi yetim bolalar uchun Obraztsov Teatri ning qoʻgʻirchoqlar teatri va hilma-xil shirin sov’gʻalar bilan yangi yil bayramlari oʻtkaziladi. Vaqti — vaqti bilan maʼlum bir bolalar maskaniga homiylik yordamlari koʻrsatiladi. 2009 yilning dekabr oyida kompyuterlar va mahsus oʻquv dasturlari koʻrinishidagi yordam rivojanishida nuqsonlar boʻlgan yetim bolalar uchun 1-sonli mahsus korreksion bolalar uyiga koʻrsatildi. 2010 yilning noyabr oyida Haydar Aliyev Fondi vakolatxonasi Rossiyaning Muftiylar kengashi bilan hamkorlikda Moskvada, musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qurbon-bayram munosabati bilan hayriya tadbirini oʻtkazdi, yegʻilgan mahsulotlar 43-sonli korreksion bolalar uyi hamda Ulugʻ Vatan Urushi [99][100] veteranlariga yordam sifatida yuborildi.

Fond strategiyasi — diasporaning yoshlar tashkilotlarini rivojlantirishga yordam koʻrsatishdir. Leyla Aliyeva Rossiyadagi Ozarbayjon Yoshlari Tashkilotini (AMOR) yaratilishi tashabbuskori boʻldi. Yoshlar tuzilmasining markaziy vazifasi — Rossiyada istiqomat qiladigan yoshlarni birlashtirish, ularni rus jamiyatiga kirishiga yordam, shuningdek, ozarbayjon madaniyatini targʻib qilishdir. AMOR Rossiyani madaniy hilma-xilligiga chorlaydi. AMOR tashabbuslari orasida: rossiya talabalari uchun boku seminari „Ozarbayjon sivilizatsiya birikmasida“, MDU dagi „Ozarbayjon Respublikasining zamonaviy bosqichdagi Yoshlar siyosati“ Moskva konferensiyasi, turli koʻrgazmalar, shu jumladan, Muslim Magomayev hotirasiga bagʻishlangani. Ular MDU, MDXAI, Soliq Akademiyasi, RXDU va Plexanov akademiyasida tashkil etilgan. 2010 yilda Haydar Aliyev fondi „Taʼlimni qoʻllab-quvvatlash“ loyihasi doirasida Ulyanovsk shahridagi 78-umumiy maktabni kapital taʼmirdan chiqarib obodonlashtirdi. Loyihani amalga oshirish uchun 25 million rubl sarflandi[101].

2010 yilning dekabr oyida Xotira va Shuhrat Inernatsional bogʻidagi „Nevskiy pyatachok“ askarlar memorialida Leningrad himoyasida shahid boʻlgan ozarbayjon askarlarining memorial doskasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Memorial Haydar Aliyev Fondining Rossiyadagi vakolatxonasi va Leningrad viloyati hokimiyati koʻmagida tashkil etildi. Memorialning ochilish marosimida Haydar Aliyev Fondining Rossiyadagi vitse prezidenti Leyla Aliyeva ishtirok etdi. U Ulugʻ Vatan Urushi davrida Sobiq Ittifoq mamlakatlari aholising qahramonligini, shu jumladan ozarbayjon xalqini gitler fashistlari ustidan qozongan gʻalabasiga qoʻshgan xissasini taʼkidladi. „Nevskiy pyatachok“ platsdarmi harbiy tarixning eng qahramonli va fojeali varoqlaridan biridir. Ozarbayjon Respublikasining Xotira Kitobida Nevskiy pyatachok va Sinyavin tepaliklaridagi janglarda fashistlar qamalidan Leningradni ozod qilishda shahid boʻlgan 850 ozarbayjon askarlari roʻyxati chop etilgan deydi Haydar Aliyev Fondining Rossiyadagi boʻlimi boshligʻI Leyla Aliyeva[102]

Haydar Aliyev Fondining RFdagi vakolatxonasining yana bir loyihasi bu Sankt-Peterburg Maʼmuriyati bilan hamkorlikdagi, buyuk shoir va faylasufning 870 yilligiga bagʻishlangan Nizomiy — Ganjaviy nomidagi skverni tashkil etilishi boʻldi. Skverning tantanali ochilish marosimi 2011 yilning 5 iyun kuni boʻlib oʻtdi. Shoirning tugʻilgan kunining 870 yilligi munosabati bilan Fond tashabbusi ostida skverda noyob granit skameyka va Nizomiy asarlari qismlari bilan panno oʻrnatilgan, buyuk shoir haykali ham qayta taʼmirlandi.[103]

2012 yilning 12 sentabrida Haydar Aliyev Fondi vitse prezidenti Leyla Aliyeva ishtirokida Ozarbayjon va Rossiya doʻstlik koʻprigining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Koʻprikni qurish haqidagi qaror 2010 yilda Ozarbayjon prezidentining Astraxanga kelgan vaqtida qabul qilingan. Koʻprik Haydar Aliyev Fondi yordamida qurildi. Uzunligi 50 metr kengligi 6 metrni tashkil etgan yoʻlovchilar uchun Doʻstlik koʻprigi Haydar Aliyev bogʻi va Petr I maydonini birlashtiradi. Koʻprik tutqichlarida Boku va Astraxan belgilari arnamentlari — Qizlar qoʻrgʻoni va Astraxan Kremli koʻrsatilgan.[104]

2012 yilning 12 sentabrida Avliyo knyaz Vladimir cherkovi toʻgʻrisida Avliyo knyaz Vladimirga haykal oʻrnatiladigan joyda tosh qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Haykal oʻrnatish joyiga muqaddas suv sepilganidan soʻng, uning fundamentiga kapsula qoʻyilgan. Tadbirda soʻz olgan Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin, ozarbayjon va rus xalqlari orasida doimiy doʻstlik belgisi boʻladigan slavyan pravoslav madaniyatiga yodgorlik oʻrnatishni taklif qilgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorchilik bildirdi. Davlatning eng mashhur sarkardalaridan biri — Avliyo knyaz Vladimir haykali qurilishini boshlash Haydar Aliyev Fondining Rossiyadagi vakolatxonasi olib borayotgan muhim ishlarning tasdigʻidir dedi A.Jilkin. Balandligi 14,5 metrni tashkil qiladigan haykalni tayyorlashda ozarbayjon va rossiya haykaltaroshlari ishtirok etadilar. Haykal atrofida bogʻ qurilib, uning atrofi obodonlashtiriladi.[105]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. Haydar Aliyev fondi
  2. Fond maqsadi
  3. Fond tuzilmasi
  4. Fondning faxriy mehmonlari
  5. Fond logotipi
  6. Gruziyadagi loyihalar
  7. Rossiyadagi faoliyat
  8. Nashr taqdimoti
  9. Bolalar uylari va internatlarni rivojlantirish
  10. Yangilanayotgan Ozarbayjonga — yangi maktab
  11. Taʼlimni qoʻllab — quvvatlash
  12. Diabet bilan hastalangan bolalarga eng katta gʻamxoʻrlik
  13. Talassemiyasiz hayot uchun
  14. Tibbiy muassasalarni rekonstruksiya qilish va qurish
  15. Neftchilar Markaziy kasalxonasidagi organlar xirurgiya va transplantologiya Markazi
  16. "WORLDMED"-pri-podderjke-Fonda-Geydara-Alieva Fond yordami bilan „quyon labi“ va „boʻrisimon ogʻiz“ tashhisi bilan bogʻliq bemorlarga bepul operatsiyalar oʻtkazilmoqda
  17. Haydar Aliyev Fondi yordami bilan eshitish bilan bogʻliq muammolari boʻlgan shaxslarga koxlear implantatsiya operatsiyalari oʻtkazildi
  18. Belorussiyadagi loyihalar
  19. Haydar Aliyev Fondi va Muqaddas taxt orasida Ikki tomonlama bitim imzolandi
  20. Haydar Aliyev Fondi Prezidenti Mehribon Aliyevaga „2015 yil odami“ mukofoti berildi
  21. Tbilisidagi buyuk ozarbayjon shaxslari qabr toshlari qayta tiklandi
  22. Versal saroyi
  23. Mardakyan madaniyat saroyi
  24. Gala arxeologik-etnografik muzey majmuasi
  25. Salyane davlat badiiy galereyasi
  26. Zamonaviy sanʼat muzeyi
  27. Gala antikvariat muzeyi
  28. Berlin qasri
  29. Rimdagi Nizomiy Ganjaviy haykali
  30. Parijdagi Ozarbayjon madaniyat markazi
  31. Moskvadagi Mirza Fatali Axundzoda haykali
  32. "Zal-filosofov"-v-Kapitoliyskix-muzeyax „Faylasuflar zali“ Kapitoliylar muzeyida
  33. Gyandjdagi Nizomiy Ganjaviy muzeyi
  34. Gyandjdagi Mexseti Gyandjevi markazi
  35. 35,0 35,1 35,2 Ozarbayjon gilamlari muzeyi
  36. Tosh yozuvlari muzeyi
  37. "Jivopis-Azerbaydjana-XX-XXI-vekov" „XX-XXI asrlar Ozarbayjon tasviriy sanʼati“ Muzeyi
  38. "Iz-otxodov---v-iskusstvo" „Chiqindilardan sanʼat sari“ muzeyi
  39. Zirya qishlogʻidagi madaniyat markazi
  40. Xurshidbanu Natavanning Begiyadagi haykali
  41. Haydar Aliyev Fondida mugʻomga bagʻishlangan loyihalar prezentatsiyasi boʻlib oʻtdi
  42. Haydar Aliyev Fondida mugʻomga bagʻishlangan loyihalar prezentatsiyasi boʻlib oʻtdi
  43. "Gyulistan"-sostoyalas-prezentatsiya-alboma-"Karabaxskie-xanende" „Qorabogʻ xonandalari“ albomi namoyishi
  44. Haydar Aliyev Fondida Xalqaro Mugʻom markazi qurilishining loyihasi muhokama qilindi
  45. „Mugʻom ensiklopediyasi“ loyihasi
  46. Bokuda Xalqaro Mugʻom Markazining ochilish marosimi boʻli oʻtdi
  47. "Mir-mugama" I Xalqaro mugʻom festivali
  48. [http://www.heydar-aliyev-foundation.org/ru/content/view/54/2094/Prezentatsiya-multimediynogo-sbornika-"Azerbaydjanskiy-mugam"-i-izdaniya-"Mir-mugama" „Ozarbayjon mugʻomi“ multimediya toʻplami va „Mugʻom olami“ nashri taqdimoti]
  49. "Mir-mugama" „Mugʻom olami“ II Xalqaro mugʻom festivali
  50. "Mir-mugama" „Mugʻom olami“ III Xalqaro mugʻom festivali
  51. Mezhdunarodnyy festival' „Mir mugama“
  52. "Mugam---2005" Podvedeny itogi televizionnogo konkursa „Mugam — 2005“
  53. "Konkurs-mugama--2007"-zavershilsya „Televizionnyy konkurs mugama-2007“
  54. Tretiy Mezhdunarodnyy muzykal’nyy festival' v Gabale
  55. V Azerbaydzhane otkrylsya Mezhdunarodnyy festival' mugama
  56. V Baku proydet III Mezhdunarodnyy muzykal’nyy festival' Uzeira Gadzhibeyli
  57. Bakinskiy Mezhdunarodnyy Festival' Mstislava Rostropovicha
  58. <id=21:42:12&ndid=2011-07-19&nid=7 Pri podderzhke Fonda Geydara Aliyeva v Ramatyuele byl otkryt vtoroy Festival' klassicheskoy muzyki Ramatyuel'
  59. Proyekt „Adres tolerantnosti — Azerbaydzhan“
  60. Grobnitsa-Dzhomardi-Gassaba
  61. Mechetʼ Mokhsuna Salima v poselke Bina Khazarskogo rayona
  62. Pravoslavnaya tserkov' v Baku
  63. Tserkov' Svyatoy Marii v Baku
  64. Strasburgskiy Kafedral’nyy sobor
  65. "Khabad-Or-Avner" Obrazovatel’nyy tsentr „Khabad-Or-Avner“
  66. Dzhuma-mechetʼ v poselke Buzovna Khazarskogo rayona
  67. Restavratsiya tserkvey v departamenta Orn Frantsii
  68. Pamyatnik knyazyu Vladimiru v Astrakhani
  69. "Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti"-v-shtab-kvartire-OON-v-Nʼyu-Yorke Foto-vystavka „Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti“ v shtab-kvartire OON v Nʼyu-Yorke
  70. "Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti"-v-YUNESKO Foto-vystavka „Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti“ v YUNESKO
  71. "Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti"-v-Moskve- Vystavka „Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti“ v Moskve
  72. "Azerbaydzhan---prostranstvo-tolerantnosti" V izrail’skom gorode Yokneam otkrylas' fotovystavka „Azerbaydzhan — prostranstvo tolerantnosti“
  73. "Dvustoronneye-soglasheniye-o-restavratsii-rimskikh-katakomb" Dvustoronneye soglasheniye o restavratsii rimskikh katakomb"
  74. Katakomby Svyatykh Marchellino i P’yetro
  75. Ispolnitel’nyy direktor Fonda Geydara Aliyeva Anar Alekperov dal interv’yu informatsionnomu agentstvu APA
  76. "Hərəmiz-bir-ağac-əkək"-layihəsi/ Proyekt „Posadim kazhdyy po derevu“
  77. "Okhrana%2C-reintroduktsiya-i-vozrozhdeniye-istoricheskikh-arealov-dzheyranov-na-territorii-Azerbaydzhanskoy-Respubliki" „Okhrana, reintroduktsiya i vozrozhdeniye istoricheskikh arealov dzheyranov na territorii Azerbaydzhanskoy Respubliki“
  78. "Ot-otkhodov-k-iskusstvu" I Mezhdunarodnaya vystavka „Ot otkhodov k iskusstvu“
  79. "Ot-otkhodov-k-iskusstvu" II Mezhdunarodnaya vystavka „Ot otkhodov k iskusstvu“
  80. "Ot-otkhodov-k-iskusstvu" III Mezhdunarodnaya vystavka „Ot otkhodov k iskusstvu“
  81. "Iz-otkhodov---v-iskusstvo" IV Mezhdunarodnaya vystavka „Iz otkhodov — v iskusstvo“
  82. "Iz-otkhodov---v-iskusstvo" Muzey „Iz otkhodov — v iskusstvo“
  83. "Azerbaydzhan" Internet-portal „Azerbaydzhan“
  84. "Obespecheniye-dostupa-slepykh-i-slabovidyashchikh-k-informatsionno-kommunikatsionnym-tekhnologiyam-%28IKT%29" Proyekt „Obespecheniye dostupa slepykh i slabovidyashchikh k informatsionno-kommunikatsionnym tekhnologiyam (IKT)“
  85. Uchebno-komp’yuternyy tsentr v gruzinskom gorode Dmanisi
  86. Nakhchyvanskiy regional’nyy informatsionnyy tsentr dlya lyudey s ogranichennymi fizicheskimi vozmozhnostyami
  87. Gyandzhinskiy regional’nyy informatsionnyy tsentr dlya lyudey s fizicheskimi nedostatkami
  88. Regional’nyy informatsionnyy tsentr dlya lyudey s ogranichennymi fizicheskimi vozmozhnostyami v Yevlakhe
  89. Sodeystviye razvitiyu sporta
  90. "Kubok-Prezidenta" Mezhdunarodnyye shakhmatnyye festivali „Kubok Prezidenta“
  91. Sportivnyy kompleks v poselke Zirya Khazarskogo rayona
  92. Shakhmatnaya shkola v gorode Udzhar
  93. Novyy stadion v poselke Bina Khazarskogo rayona
  94. 3-v-Volgograde Sportivnaya ploshchadka gimnazii № 3 v Volgograde
  95. Stadion v indiyskom shtate Goa
  96. Shakhmatnaya shkola v gorode Goychay
  97. Sportkompleks v gorode Agsu
  98. Bakinskiy marafon 2016
  99. Aktsiya v Rossii
  100. Aktsiya v Moskve
  101. rekonstruktsiya shkoly v Ul’yanovske
  102. Otkrytiye memorial’noy plity voinam-azerbaydzhantsam, pogibshim pri oborone Leningrada
  103. Jtkrytiye skvera imeni Nizami Gyandzhevi v Sankt-Peterburge
  104. V Astrakhani sostoyalos' torzhestvennoye otkrytiye mosta Druzhby Azerbaydzhana i Rossii
  105. V Astrakhani sostoyalas' tseremoniya zakladki kamnya na meste budushchego pamyatnika Svyatomu knyazyu Vladimiru